Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/197
tarix02.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#137094
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   197
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

11.1. Ixtironi tashkil etish 
Ixtiro 
- bu amaliyotda texnika va texnologiya muammolarini yechish im-
konini beruvchi, belgilangan mezonlarga javob beradigan yangi g„oyadir. 
O„zbekiston Respublikasining qonunchiligiga asosan quyidagilarni ixtiro deb tan 
olingan: 

qurilmalar
- har xil konstruksiyalar, buyumlar va h.k.; 

usullar
- turli texnik va texnologik jarayonlar; 

moddalar
-qotishmalar, kompozitsiyalar, birikmalar va h.k.; 

mikroorganizmlar shtamplari, o„simlik va hayvonlarning hujayralari 
tuzilishi; 

ilgari ma‟lum bo„lmagan qurilmalar, usullar, moddalar va mikroorganizm 
shtamplarining yangi maqsadda qo„llanilishi. 
O„zbekiston Respublikasining Qonunchiligiga muvofiq quyidagi yyechimlar 
va obyektlar ixtiro deb tan olinmaydi: 

qonunchilikka asoslangan ilmiy nazariyalar, matematik usullar, xo„jalikni 
tashkil etish va boshqarish usullari (kalendar reja, to„rsimon grafik, qurilish 
bosh rejasi, texnologiya kartalar), har xil jadvallar, shartli belgilar, qoidalar, 
bino va inshootlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari, insoniylik va ax-
loqiylik tamoyillariga zid bo„lgan yechimlar va hokazo. 
Agar berilgan ixtiro ishlab chiqarishga tadbiq etilganda ko„zlangan texnik-
iqtisodiy ko„rsatkichlari amaldagidan past ko„rsatkichga ega bo„lsa u ixtiro deb 
hisoblanmaydi. 
11.2. Patentshunoslikni tashkil etish 
Patent
- davlat nomidan barcha obyektlarga beriladigan va muayyan 
hududda ma‟lum bir vaqt oralig„ida amal qilinadigan muhofaza hujjatidir. 
Xalqaro patent tasnifi bo„yicha asosiy nashr - bu sinflar ko„rsatkichi bo„lib, 
u 8 ta bo„limni tashkil qiladi: 
A.
Insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirish; 
B.
Har-xil texnologik jarayonlar va transport; 
C.
Kimyo va metallurgiya; 
D.
To„qimachilik va qog„oz; 
E.
Qurilish; 
F.
Amaliy mexanika, matematika; 
G.
Fizika; 
H.
Elektronika. 
Xalqaro patent tasnifining har bir bo„limi sinflarga bo„linadi. Bunga 10 talik 
universal klassifikatorlar ham kiradi (UDK). 


260 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin