43
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv
kengashi aksiyadorlarning umumiy yig„ilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida ja-
miyatni
qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga oshirishning tartibi va
shartlari, yangi jamiyatni tuzish, ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiya va boshqa
qimmatli qog„ozlarini ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi,
bo„lish balansini tasdiqlash to„g„risidagi masalani havola etadi. Ajratib chiqarish
tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig„ilishi ja-
miyatni ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib
chiqarish tartibi va
shartlari, yangi jamiyatni tuzish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan ja-
miyatning aksiyalariga va boshqa qimmatli qog„ozlariga ayirboshlash imkoni-
yatlari va bunday ayirboshlashni o„tkazish tartibi, bo„lish balansini tasdiqlash
haqida qaror qabul qiladi.
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta jamiyat
ajralib chiqqanda ajratib
chiqarish tarzida qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir
qismi bo„lish balansiga muvofiq ularning har biriga o„tadi. Jamiyat qonun hu-
jjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda boshqa har qanday xo„jalik ja-
miyati yoki shirkatga aylanishga haqli.
Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlari umumiy
yig„ilishi hukmiga jamiyatni qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va
shartlari haqidagi masalalar havola etiladi. Qayta tuzilayotgan jamiyat aksiyador-
larining umumiy yig„ilishi qayta tuzish to„g„risida, qayta tuzishni amalga oshirish-
ning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga
keltirilayotgan huquqiy shaxsning qatnashchilari o„zlarining qo„shma majlislarida
uning ta‟sis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlari
talablariga muvofiq
boshqaruv organlarini saylash to„g„risida qaror qabul qiladilar.
Jamiyat qayta tuzilganda qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari
va majburiyatlari o„tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan
huquqiy shaxsga o„tadi. Jamiyatni tugatish esa uning huquq va majburiyatlari
huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o„tmagan holda jamiyat faoliyatining
to„xtatilishiga olib keladi. Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda tugatila-
yotgan jamiyatning kuzatuv kengashi, aksiyadorlar umumiy yig„ilishining hukmiga
jamiyatni tugatish va tugatish komissiyasini tayinlash to„g„risidagi masalani havola
etadi. Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy
yig„ilishida tugatish komissiyasining tugatish haqidagi qarori qabul qilinadi.
Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e‟tiboran,
jamiyat ishlarini
boshqarish bo„yicha vakolatlar tugatish komissiyasiga o„tadi. Tugatish komissiyasi
tugatilayotgan jamiyat tomonidan sudda ishtirok etadi. Agar davlat tugatilayotgan
jamiyatning aksiyadori bo„lsa, tugatish komissiyasi tarkibiga davlat mol-mulkini
tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi. Bu talab bajarilmagan taqdir-
da jamiyatni davlat ro„yxatidan o„tkazgan organ tugatish komissiyasi tayinlanishi-
ga rozilik berishga haqli emas. Jamiyatni tugatish tartibi quyidagicha amalga
oshiriladi:
1. Tugatish komissiyasi huquqiy shaxslarni ro„yxatga olish to„g„risidagi
qonuniga muvofiq ma‟lumotlar e‟lon qilinadigan matbuot organlarida jamiyatning
tugatilishi, kreditorlarning talab qo„yish tartibi va muddatlari to„g„risida xabar
44
e‟lon qiladi. Kreditorlarning talab qo„yish muddati jamiyat tugatilishi to„g„risida
xabar e‟lon qilingan sanadan e‟tiboran ikki oydan ko„p bo„lmasligi lozim. Agar tu-
gatish to„g„risida qaror qabul qilingan vaqtga kelib jamiyat o„z kreditorlari oldida
majburiyatlarga ega bo„lmasa yoki kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bo„lingandan
keyin tugatilayotgan jamiyatning qolgan mol-mulki tugatish komissiyasi tomoni-
dan aksiyadorlar o„rtasida quyidagi navbat bo„yicha taqsimlanadi:
birinchi navbatda qaytarib sotib olinishi lozim bo„lgan aksiyalar bo„yicha
to„lovlar
amalga oshiriladi;
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo„yicha yozilgan, biroq
to„lanmagan dividendlarni va jamiyat nizomida imtiyozli aksiyalar
bo„yicha belgilangan tugatish qiymatini to„lash amalga oshiriladi;
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy aksiya-
lari bor barcha turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo„lmish
aksiyadorlar o„rtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
2. Mol-mulkni har bir navbat tartibi bo„yicha taqsimlash avvalgi nabat tartibi
bo„yicha mol-mulk to„liq taqsimlab bo„linganidan keyin amalga oshiriladi. Agar
jamiyatning mavjud mol-mulki yozilgan, biroq to„lanmagan dividendlar va jamiyat
nizomida belgilangan tugatish qiymati bir turdagi imtiyozli
aksiyalarning egalari
bo„lmish barcha aksiyadorlarga etarli bo„lmasa, mol-mulk ana shunday turdagi
imtiyozli aksiyalar egalari bo„lmish aksiyadorlar o„rtasida, ularga qarashli shu
turdagi aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Chet ellik investor
mol-mulkni tugatish qiymatining o„zi olgan qismini belgilangan tartibda
ayirboshlashga haqlidir.
Qonun huquqiy shaxslarni qo„shib
yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish
tarzida qayta tashkil etishni vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga
oshirishi mumkin. Yangi tuzilgan huquqiy shaxslar davlat ro„yxatiga olingan pay-
tdan e‟tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi. Jamiyat boshqa ja-
miyatga qo„shib yuborish yo„li bilan qayta tashkil etilganida davlat ro„yxatga olish
organi qo„shib yuborilgan jamiyat o„z faoliyatini to„xtatgani haqidagi yozuvni
huquqiy shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan e‟tiboran qayta
tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: