? TAKRORLASH UcHUN SAVOLLAR 1. Yahudiylik dini tarixi va manbalari haqida nimalarni bilasiz?
2. Hinduiylik qanday din sanaladi va uning ta’limoti nimalardan
iborat?
3. Jayniylik dini Hindiston tarixida qanday rol o‘ynagan?
4. Sikxiylik qanday din hisoblanadi va hozirgi kunda bu din taraf-
dorlari Hindiston siyosiy hayotiga qanday ta’sir ko‘rsat moqda?
5. Daochilik ta’limotida nimalarga katta e’tibor berilgan?
6. Konfutsiychilik nima asosida vujudga kelgan va Konfutsiychilik
ta’limotida qanday masalalar muhim o‘rin egallagan?
7. Sintoiylik diniy ta’limoti Yaponiya hayotida qanday o‘ringa ega
bo‘lgan?
32
4-§. ZaRduShTIYlIK Zardushtiylik miloddan avvalgi VII–VI asrlarda O‘rta
Osiyo va qadimiy Eronda yuzaga kelgan. Zardushtiylik dini
e’tiqodiga ko‘ra payg‘ambar deb hisoblangan Zardusht ismli
shaxs nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab
kelinadi. Aslida esa, uning muqaddas kitobi hisoblanmish
«Avesto»da «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so‘zni
«Mazdaga sig‘inmoq» deb tarjima qilish mumkin. Mazda so‘zi
«donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi.
Zardushtiylik «behdin», ya’ni «eng yaxshi din» deb ulug‘langan.
Unga ko‘ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan
deb e’tiqod qilingan. Mazda so‘zi oldiga ulug‘lash so‘zi Axura
qo‘shilib, zardushtiylikning ilohi – Ahuramazda nomi paydo
bo‘lgan. Bu qo‘shimcha so‘z «Janob Mazda» yoki «Xudo Mazda»
demakdir.
Zardusht nomi manbalarda Zaratushtra, Zardust, Zaroastr
ko‘rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o‘rtasida Zardushtning
tarixda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud.
Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb
hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u miloddan avvalgi,
taxminan 570-yillarda tug‘ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir.
Zardusht O‘rta Osiyo hududida mavjud bo‘lgan ko‘pxudolikka
asoslangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi
dinga asos soldi.
Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi
to‘g‘risida ikki xil fikr mavjud.
Birinchisi, Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning va-
tani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu
fikr tarafdorlarining dalili – birinchidan, zardushtiylikning qa-
33
dimiy Eron hududlarida keng tarqalgan bo‘lsa, ikkinchidan,
zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish «Avesto»ga yozilgan
sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo‘lganligidir.