Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik


xRISTIANLIK DINININg PRAVOSLAV OQIMI



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/55
tarix02.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#137323
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik

xRISTIANLIK DINININg PRAVOSLAV OQIMI
15 ta MUSTAQIL cHERKOVLARgA BO‘LINADI
1
KONSTANTINOPOL
8
RUMIN
2
ALEKSANDRIYA
9
BOLGAR
3
ANTIOXIYA
10
KIPR
4
IERUSALIM
11
ELLADA
5
RUS
12
ALBAN
6
GRUZIYA
13
POLYAK
7
SERB
14
CHEXIYA
15
AMERIKA
Katolik yo‘nalishi.
Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan 
biri katoliklikdir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, bu yo‘nalishda e’tiqod 
qiluvchilar taxminan bir milliard kishini tashkil etadi.
Katolik xristianlikning yo‘nalishlaridan biri sifatida uning 
asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, 


55
sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan 
ajralib turadi.
Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va 
Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi.
Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib 
turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig‘i bo‘lib, u diniy axloq 
masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati 
dunyoviy soborlar hokimiyatidan yuqori turadi.
A’rof haqidagi (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) aqida 
faqat katolik ta’limotida mavjud. Gunohi katta bo‘lmagan 
gunohkorlarning ruhi u yerda o‘tda kuyadi, keyin jannatga yo‘l 
topadi. Ruhning a’rofda bo‘lish muddati xayrli ishlar tufayli 
qisqartirilishi mumkin. Bu ibodat va xayr-ehsonlar o‘lganlar 
xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi.
A’rof haqidagi ta’limot birinchi asrdayoq paydo bo‘lgan edi. 
Pravoslav va protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad 
etadi.
Pravoslavlarda turmush qurmaslik rusumini faqat qora 
ruhoniylik qabul qiladi. Katoliklarda esa turmush qurmaslik 
(selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan qoidaga 
ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin