Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/55
tarix02.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#137323
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik

Protestantlik yo‘nalishi.
Protestantlik tarixi Martin 
Lyuterdan (1483–1546) boshlanadi. U XVI asrda Yevropada 
katoliklarga qarshi qaratilgan Reformatsiya harakati bilan bog‘liq 
juda ko‘p mustaqil cherkovlar va sektalarni o‘z ichiga oladi. 
«Protestantizm» atamasi «protest» (norozilik) so‘zidan kelib 
chiqqan.
Protestantlikning ilk shakllari: lyuterchilik, svinglichilik, 
kalvinizm, unitarizm va sotsinchilik, anabaptizm, mennochilik 
va anglikanchilik edi. Hozirgi vaqtda protestantizm dunyoning 
barcha qit’alarida keng tarqalgan. Protestantlikning jahon 
markazi AQSHda, bu yerda baptist, adventist, Iegovo shohidlari 
va boshqalarning qarorgohlari joylashgan.


56
Protestantlik xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon 
bo‘lishi, jonning o‘lmasligi, jannat va do‘zax (katoliklikdagi 
a’rofdan tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar to‘g‘risidagi 
umumxristian tasavvurlarini e’tirof etadi. Biroq, Martin Lyuter 
katolik cherkovi bilan aloqani uzib, protestant cherkovining 
asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga 
ko‘ra, inson Xudo bilan bevosita muloqot qilishi mumkin. 
Protestantlikning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutf-u marhamat 
insonlarga cherkovning ishtirokisiz in’om etiladi. Inson najot 
topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y 
beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma 
dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, 
faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqlanib 
qoldi.
O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga 
sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor 
qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlar, mehroblar, sanamlar, 
haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari 
bekor qilindi. Ibodatlar faqatgina lotin tilida olib borilishi, 
Injilning faqatgina ruhoniylar tomonidan sharhlanishi zarurligi 
shartlari inkor etil di. Injil milliy tillarga tarjima qilindi, uni 
sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.
Keyinchalik protestantlik zamirida bir necha mustaqil cher-
kovlar ham yuzaga keldi. Ular qatorida kalvinizm, anglikanlik, 
baptistlik, adventistlik, pyatidesyatniklik kabilarni sanash 
mumkin.
Injil yahudiylik va xristianlik dinlari ta’limotiga ko‘ra, u Xudo 
tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini 
o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.
Yahudiy va xristian Injillari bir-biriga mos kelmaydi. 
Yahudiylarning muqaddas kitobi qadimiy Isroil va yahudiylarning 
diniy ta’limot va urf-odatlari asosida miloddan avvalgi XIII 


57
davrda yozilgan bo‘lsa, Xristianlarning kitobi esa milodning 
boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini 
muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar. Xristianlar esa 
yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar.
Hozirgi kunda mamlakatimizda bir necha xristianlik oqimlari 
faoliyat olib boradi. Xristianlikning ham O‘rta Osiyo xalqlari 
tarixida o‘ziga xos o‘rni bor.
Bu din O‘rta Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga ikki yo‘l 
bilan kirib kelgan. Bu jarayon, birinchidan, xristianlikni 
targ‘ib etuvchi missionerlarning targ‘ibotchilik harakati orqali, 
ikkinchidan, O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi 
va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining ushbu mintaqaga 
ko‘plab ko‘chib kelishi orqali amalga oshdi. Bu dinni mahalliy 
aholi orasida tarqatuvchilar O‘rta Osiyoning turli viloyatlariga 
milodning III asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280-yilda 
Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda (310-
yildan), Marvda (334-yildan), Hirotda (430-yildan), Xorazmda 
va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida, keyinchalik 
Samarqandda, Marvda (430-yillar), Hirotda (658-yillar) 
yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar 
bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar, zardushtiylar, 
monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham 
bo‘lganlar. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarashli yerlarda 
yashaganlar.
Pravoslavlik yo‘nalishi O‘zbekiston hududiga Rossiya orqali 
kirib kelgan. 1871-yil 4-mayda Rossiya imperatori tomonidan 
Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O‘zbekiston va Toshkent) 
yeparxiyasini ochishga qaror qilindi.
Xristianlikning O‘zbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri 
katoliklikdir. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912-yilda 
qurila boshlanib, 1917-yilda bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino 
tarixiy va ahamiyatga molik obida sifatida qayta ta’mirlanmoqda.
Vatikan davlati O‘zbekistonning mustaqilligini 1992-yil 
1-fev ralda tan olib, shu yilning 17-oktabr kuni ikki taraflama 
diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1994-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston 


58
Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov Vatikan davlatining 
nunsiy elchisi Marian Olesdan Ioann Pavel II ning ishonch 
yorlig‘ini qabul qildi. Shundan so‘ng Vatikanning Toshkentdagi 
elchixonasi rasman o‘z ishini boshladi.
O‘zbekistonda hududida protestantlikka oid cherkovlar ham 
faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo xristian missionerligining 
diqqat-e’tibori qaratilgan hududlardan biriga aylanganini alohida 
qayd etish lozim. Ushbu hududni o‘zlashtirish uchun bir qator 
rejalar ishlab chiqilgan.
Missionerlar o‘zlari faoliyat olib boradigan mamlakatga 
xos xususiyatlarni hamisha e’tiborga olgan. Masalan, ijtimoiy 
mazmunga ega ko‘plab tadbirlarga «o‘z ulushlarini qo‘shishga» 
va o‘zlarining beg‘arazligini iddao qilgan holda muhtoj oilalarga 
moddiy yordam berishga harakat qilishlari ham shunday xulosa 
chiqarish imkonini beradi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin