Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik


Din tushunchasiga berilgan ta’riflar



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/55
tarix02.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#137323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik

Din tushunchasiga berilgan ta’riflar
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi 
hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan 
tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, 
haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy 
qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, 
ta’limot.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va 
diniy tashkilotlarning faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. U olam, 
hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida yo‘li, uni idrok 
etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan hozirgacha 
o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil 
insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega 
ma’naviy-axloqiy kuch sanaladi.


7
Din tushunchasi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtayi 
nazardan qaraganda u ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi 
insoniyatning eng teran ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridan sanaladi. 
Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki muayyan 
xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay 
olmaydi.
Dinshunoslikda dinga «dinning o‘zi nima?», «uning 
mohiyati nimadan iborat?» degan savol bilan yondashishdan 
tashqari «din qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan nuqtayi 
nazardan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko‘proq din 
sotsiologiyasi shug‘ullanadi.
Sotsiologik nuqtayi nazardan qaralganda din jamiyat uchun 
zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismi. U ijtimoiy 
munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil 
sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, dinni jamiyatda bajargan 
vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin.
Dinning vazifalari uning alohida shaxs va jamiyatga ta’siri, 
ular o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z aksini topadi. Bunda har bir 
din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxs u yoki bu jamoaga 
va umuman jamiyatga nima berishi, insonlar hayotiga qanday 
ta’sir ko‘rsatishi kabi masalalar o‘rganiladi.
Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy 
vazifalari quyidagilardan iborat:
Birinchidan,
har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun 
to‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik – kompensatorlik va-
zifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil 
bo‘lishi hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, 
tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida 
hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda 
qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat seziladi. Bu dinga 
bo‘lgan ehtiyoj edi. Din bu o‘rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni 
qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham 
bajarmoqda.


8
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ‘ib qilar ekan, bu 
dunyoda orzu-havaslardan, rohat-farog‘atdan voz kechgan inson 
nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo‘lishini ta’kidlaydi. 
Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning 
qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini 
yengib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik 
Iso Masih qaytib kelgach, barcha izdoshlarini saodatli hayotga 
yetkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.
Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda 
erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda 
erishishga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha 
berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
Ikkinchidan,
muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga 
keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot 
doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu 
ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik – integratorlik vazifasi 
deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy 
hayotni qamrab olishga intiladi. Buning muntazamligini 
ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, 
axloqiy munosabatlariga, shuningdek, adabiyoti va san’atiga 
chambarchas bog‘lanib ketgan.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura 
atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak 
egalari, yagona xudo – Yahvening eng sevimli bandalari ekanligi 
uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada 
ko‘proq jalb etish uchun diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati 
turlaridan unumli foydalaniladi.
Uchinchidan, 
har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga 
solib, nazorat qiluvchilik – regulyatorlik vazifasini bajaradi. 
Dinlar o‘z urf-odatlari, marosim va bayramlarining qavmlari 
tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda 
bajarilishini shart qilib qo‘yadi.


9
To‘rtinchidan,
din aloqa bog‘lashlik – kommunikativlik 
vazi fasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining 
birligi, jamiyat bilan shaxsning o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishini 
ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi 
kishilarning o‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, 
o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni 
jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan,
dinning integratorlik vazifasi bilan legitim-
lovchilik – qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog‘liq. 
Dinning bu funksiyasi nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog 
T. Parsons ishlab chiqqan. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy 
tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning 
uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab 
chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina 
qolmay, ularga bo‘lgan munosabatni ham belgilaydi».

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin