66
etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming
ekanligi bayon qilingan.
Oxirat kuniga ishonish.
Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi
uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir
sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun
mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti
mavjud.
Taqdirga
– inson boshiga tushgan yaxshilik va yomonlik
Allohdan ekaniga e’tiqod qilish.
O‘limdan keyin qayta tirilish.
Islom ta’limotiga ko‘ra,
qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar
va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U yerda barcha odamlar
dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)
ga mahkum etiladilar.
Qur’oni karim.
Qur’oni karim – Alloh taolo tarafidan 23 yil
mo baynida Payg‘ambar Muhammad alayhissalomga oyat-oyat,
sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob Islom
dinining muqaddas manbasi hisoblanadi.
«Qur’on» – arabcha «qara’a» (o‘qimoq) fe’lidan olingan. Qu-
r’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng
kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o‘z ichiga oladi. Qur’onda
jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on matnlarini
taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto,
6666 tagacha belgilangan. Bu har xillik Qur’on nusxalarining bir-
biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha
taqsimlanganligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: