Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik


Diniy ekstremizmning mintaqada namoyon bo‘lishining



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/55
tarix02.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#137323
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik

Diniy ekstremizmning mintaqada namoyon bo‘lishining 
o‘ziga xos xususiyatlari. 
Bugungi kunda siyosiy hokimiyatga 
intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan ba’zi guruhlar 
Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan O‘zbekistondagi ijtimoiy-
siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaassiblikka 
asoslangan nazariy qarashlardan terrorchilik amaliyotiga 
o‘tish yuqorida qayd etilgan soxta salafiylikning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan sanaladi.
 
Mintaqada hozirda mavjud ayrim 
diniy-ekstremistik guruh va tashkilotlar bu yo‘lni allaqachon 
bosib o‘tganini ta’kidlash zarur. Jumladan, 1996-yilda tashkil 
topgan «Turkiston islom harakati» terrorchi tashkiloti faoliyatida 
yuqoridagi xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Harakat a’zolari 
1990-yillar boshida «Islom lashkarlari» (Namangan), «Adolat 
uyushmasi» (Namangan), «O‘zbekiston Islom uyg‘onish par-
tiyasi», «Odamiylik va insonparvarlik» (Qo‘qon) va boshqa 
ekstremistik tashkilotlari faollari bo‘lishgan. Bugungi kunda 
«Turkiston islom harakati» guruhi qurolli va jangovar hara-
katlarni olib borishga tayyor terrorchi tashkilot sifatida shakllanib 
ulgurganiga yetarlicha asos va dalillar mavjud.
Ekstremistlarning 2005-yil may oyida Andijonda amalga 
oshirgan terrorchilik harakatlari, 2006-yilning may oyida 
Qirg‘izistonning Botkent tumani va Tojikistonning Isfara tumanida 
chegarachilarga, avgust-sentabr oylarida Qirg‘izistonning O‘sh 
va Jalolobod viloyatlarida huquqni muhofaza qilish idoralari 
xodimlariga qurolli hujum uyushtirishlari oqibatida begunoh 
odamlar halok bo‘ldi, xalq osoyishtaligi buzildi.


78
Markaziy Osiyoga diniy ekstremizmning kirib kelishida 
Afg‘oniston darvoza vazifasini o‘tadi. Diniy-ekstremistik 
guruhlarning bosh maqsadi – «xalifalik» davlati tuzish shiori 
ostida siyosiy hokimiyatni egallashdir. XX asrning oxiri XXI 
asrning boshlarida O‘zbekistonda «Turkiston islom harakati», 
«Hizbut-tahrir», «Akromiylar», «Nurchilar» va «Tablig‘chilar» 
kabi diniy ekstremistik va terrorchi guruhlarning faoliyati 
kuzatildi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin