103
39. Mazhab so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) ergashish;
b) yo‘l;
d) ta’limot;
e) qonun.
40. O‘zbekiston aholisi ko‘proq qaysi jahon dinlariga e’tiqod qiladi?
a) faqat islom diniga;
b) islom, xristianlik, buddaviylik va yahudiylikka;
d) islom va xristianlikka;
e) islom, yahudiylik, sintoiylik va katoliklikga.
41. «Mahobxorat» qanday manba?
a) tarixiy;
b) falsafiy;
d) adabiy;
e) harbiy.
42. Dindorlar ibodatlari uchun davlatga soliq to‘laydimi?
a) musulmonlar soliq emas, xayr-i ehson qilishlari mumkin;
b) musulmonlar ibodatlari uchun hech qanday soliq to‘lamaydi.
Lavozimdagi ruhoniylar esa maoshlaridan faqat daromad solig‘i
to‘laydi;
d) yig‘ilgan hamma pullar davlat bankiga o‘tkazib qo‘yiladi.
e) dindorlarning soliq to‘lashi qonunda belgilanmagan.
43. Qur’oni karim sura va oyatlariga o‘zgartirish kiritish mum-
kinmi?
a) mumkin, agar ulamolar qaror qilsa;
b) agar jamiyat hayotiga zid kelib qolsa;
d) yo‘q, chunki Qur’on – ilohiy hisoblanadi va uni o‘zgartirish mum-
kin emas;
e) O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘zgartirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: