11
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda dinga yangicha qarash
va munosabat bildirish imkoniyati tug‘ildi. Natijada biz uchun
nisbatan yangi bo‘lgan «Dinshunoslik» fani vujudga keldi. Bu fan
ilgarigi ateizmdan farqli o‘laroq, dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan
yo‘qotish
maqsadida emas, balki unga milliy ma’naviyatning
bir bo‘lagi sifatida yondashib, uni xolisona o‘rganishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi.
O‘rta Osiyoga VII asr oxiri – VIII asr boshlarida kirib
kelgan Islom dini uzoq tarixiy jarayonlar
mobaynida mahalliy
xalqlarning asosiy diniy e’tiqodiga aylandi. Shunga ko‘ra mazkur
xalqlarning milliy, diniy va umuman, insoniy qadriyatlarini islom
dinidan ayri holda tasavvur qilish mumkin emas. Shuning uchun
ham dinshunoslik fanining asosiy vazifalaridan biri yoshlarga
islom dinining shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi,
madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatib
berishdir. Ushbu fanni o‘qitishdan
maqsad milliy va diniy
qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy
qadriyatlar bilan uyg‘unligi, bu qadriyatlarning hozirgi
mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi
ahamiyatini yanada aniqroq
yoritib berib, o‘quvchilarda dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni
shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni
tarbiyalashdan iborat.
O‘zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridanoq din-
ning jamiyat hayotidagi muhim o‘rnini
anglagan holda buyuk
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlarni qayta tiklash
uchun aniq va prinsipial chora-tadbirlar ko‘rila boshlandi.
Davlatning dinga yangicha munosabati «inson e’tiqodsiz yashay
olmaydi» degan aniq ishonch asosida belgilandi. Bu tamoyil
hozirgi kunga kelib «Alloh qalbimizda, yuragimizda» so‘zlarida
ifodasini topmoqda: «
Islom dini – bu ota-bobolarimiz dini, u biz
uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini
unutmaylik».
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov
dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida jumladan shunday
degan: «
Biz din bundan buyon ham aholining oliy ruhiy, axloqiy