=-40-=
narxi tushishi va Celeron ning о‘zi arzon bо‘lishi barobarida havaskorlar uchun
mо‘ljallangan mashina chindan ham arzon bо‘lgan.
Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGs li Celeron 300A modelidan
boshlab, yadro kristalli ustida о‘rnatilgan va yadroning chastotasida tо‘liq ishlaydigan
kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga ega. Bunday
protsessorlar Mendocino nomi Bilan ham ataladi.
Takt chastotasi 500, 466, 433, 400, 366 va 333 MGs li Intel Celeron
protsessorlarning ish unumdorligi keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va
samarali ishlashini ta’minlaydi. Bunday protsessorlarga, asosida Pentium II
protsessori yaratilgan P6 mikroarxitekturasiga oid barcha afzalliklar berilgan. Takt
chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGs li Intel Celeron protsessorlar ichiga hajmi
128 Kb li 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi о‘rnatilgan. Takt
chastotasi 300 MGs li Intel Celeron protsessorlarning yadrosi о‘z ichiga 7,5 million
tranzistorni mujassam etgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGs li
protsessorlarning yadrolari esa 2- darajaga mansub ikkilamchi keshxotira qurilmasi
о‘rnatilganligi bois 19 million tranzistorga ega. Barcha Intel Celeron protsessorlar
0.25 mikronli KMOP-texnologiyalar asosida ishlab chiqiladi. Barcha Intel Celeron
protsessorlar (P.P.G.A.) tilchali chiqish joylarining matritsasiga ega plastik korpus
ichida solinib chiqariladi. P.P.G.A. formfaktori protsessorning 370 kontaktli uyasiga
mos keladi. Bu esa, о‘z navbatida, kompyuter ishlab chiqaruvchilar uchun tizimlar
narxini tushirish uchun yangi imkoniyatlar yaratib, joiz konstruktiv loyihalar uchun
keng yо‘l ochib beradi.
Bundan tashqari, takt chastotasi 433, 400, 366, 333 va 300A MGs li Intel Celeron
protsessorlar korpus ichida о‘rnatish qulayligi va tejamkorlikni ta’minlovchi S.E.P.P.
rusumli kontaktlar bir tomonga joylashtirilgan holda yetkaziladi. Qо‘llanilgan korpus
turidan qat’iy nazar Intel Celeron protsessorlar yuqori sifatli, ishonchli va boshqa
qurilmalarga mos keladi deb e’tirof etilmoqda. Ushbu protsessorlar idoraga oid keng
ommalashgan zamonaviy ilovalar va Internet tarmog‘iga kirishni ta’minlovchi
dasturlar bilan ishlash uchun kuchli protsessorlar sanaladi.
Dostları ilə paylaş: