Xeon oilasiga mansub protsessorlar
=-41-=
Kuchli kompyuterlarda Xeon protsessorlari qо‘llaniladi. Ushbu protsessorlar
uchun slot 2 joriy etilgan. Ushbu slot (yangi protsessorning interfeysi bilan
birgalikda) FRC li ortiqcha tizimlarni ham, 1, 2, 4 va hattoki 8 protsessorli simmetrik
tizimlarni ham yaratish imkonini beradi. Shinalarining chastotasi 100 MGs,
yadrosining chastotasi esa 400 MGs va bundan ham yuqori, ikkilamchi kesh-xotira
qurilmasi xuddi Pentium Pro da singari yadro chastotasida ishlaydi. Ikkilamchi kesh-
xotira qurilmasining hajmi 512 Kbayt, 64 Gbaytgacha keshlashtirilganida 1 yoki 3
Mbayt (36 bitli manzil belgilanishida jamiki manzil makoni). Xeon protsessorlari
nafaqat katta quvvati, balki katta, xususan: 15,2 x 12,7 x 1,9 sm о‘lchamlari bilan
ham ajralib turadi
Xeon protsessorlari tizim axborotini saqlash uchun mо‘ljallangan yangi vositalarga
ega. Protsessordagi faqat о‘qish uchun mо‘ljallangan protsessorga oid axborotni
saqlovchi doimiy xotira qurilmasi PIROM (Processor Information ROM) yadro
protsessori va kesh-xotira qurilmasining elektr tasniflarini (chastotalar diapazoni va
iste’mol qilinadigan elektr kuchlanishlarni), Stasniflarni va protsessorning 64 bitli
seriya raqamini saqlaydi. CPUID identifikatsiyalash yо‘riqnomasiga kо‘ra bunday
axborotga kirib bо‘lmaydi. Energiya jihatidan muxtor sanalgan Scratch EEPROM
xotira qurilmasi protsessorni (yoki ushbu protsessor о‘rnatilgan kompyuterni)
yetkazuvchi tomonidan tizimga oid axborotni kiritish uchun mо‘ljallangan bо‘lib,
bundan boshqa navbatdagi axborotni kiritishdan himoya qilingan bо‘lishi mumkin.
Protsessor, haroratni nazorat qilib borish uchun dasturlanadigan qurilma bilan
birgalikdagi harorat datchigi (yadro kristali ustiga joylashtirilgan termodiod) bilan
jihozlangan. Ushbu qurilma kartridj sinovdan о‘tkazilayotgan bosqichda muayyan
protsessordagi termodiod bо‘yicha tekshirib tо‘g‘rilanadigan analog-raqamli
о‘zgartirgichga ega. Termometr sozlanishining doimiy soni (konstantasi) PIROM ga
kiritiladi. Haroratni nazorat qilish qurilmasi dasturlanadi, ya’ni unga о‘zgartirishlar
chastotasi hamda harorat chegaralari kiritiladi. Harorat ushbu chegaralarga yetganida
tizim ishida uzilish rо‘y bergan signal shakllanadi. PIROM, Scratch EEPROM va
haroratni nazorat qilish qurilmasi bilan hamkorlik qilish uchun protsessor I
2
C
=-42-=
interfeysiga asoslangan ketma-ket ulangan qо‘shimcha SMBus (System Management
Bus) shinasiga ega.
Dostları ilə paylaş: |