13
Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham o’zgarib turadigan
ishlab chiqarish omillari bo’lgani uchun, masalan, E nuqtada mahsulotni
qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi mumkin.
Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan qo’shimcha foydalanish
bilan bog’lik. Biroq, qisqa muddatli davr davomida
biz ikkala omilni bir
vaqtda qo’llay olmaymiz. Demak, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning
birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya`ni,
mehnat sig’imini 1 dan 3 gacha ko’paytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot
ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu
uzoq, muddatli xarajatlarga (E nuqta) qaraganda 10 dollar ortiq.
Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab
chiqarishga doir qarorga
keladilar va ayni vaqtda uzoq muddatli davrda omillarni o’zgartirishni
rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55 dan
90 donagacha ko’paytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq,
muddatli davrda, agar ishlab chiqarish jarayonida ikki dona (birlik) kapital
qo’shimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 dollar-soatga pasayishi
mumkin.
Shunday qilib, bizning firmamiz qo’shimcha kapitalga buyurtma beradi,
biroq ayni vaqtda uch mehnat birligidan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab
chiqaradi. Qushimcha kapital kelib kelishilgan vaqtda firma o’zi kiritadigan
mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko’paytirishi
mumkin
Dostları ilə paylaş: