22
5.
Resurslar, ularni firma har xil muhit faoliyati va joriy ishlab
chiqarishni investisiyalash uchun o’zlashtiradi.
6. Firma strukturasida kutilayotgan o’zgarishlar, uni rivojlantirish
maqsadida, tarkibidagi korxonalarni sotish yoki sotib olish natijasidir.
7. Bozor va uning chegaralari, buning asosida faqatgina geografik
omillariga emas, balki mahsulot xususiyatlari va iste`molchilari doirasidir.
8. Ishlab chiqarishni kirish bozorini kengaytirish, aktivlikni oshirish,
ilmiy izlanishlarni rivojlantirish dasturlarini takomillashtirish.
9. Menejerlarning omilkorligi va madaniyatini oldindan ko’ra bilish,
yetakchi bo’lish qobiliyati, ishda muvofaqiyat va muvofaqiyatsiz bo’lgan
hollarda odamlar bilan to’g’ri munosabatda bo’lish bilan xarakterlanadi.
B.Karlof aytgan faktorlarga, faoliyatning tavakalligi, tayyorgarlik
darajasi va xodimlarning kvalifikasiyasi, firmaning tashqi muhiti va
bog’liqligi oldindan o’z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish darajasi.
Shunday qilib, iqtisodiy strategiya firmaning strategiya maqsadga
iqtisodiy samarali erishish yo’llari va qoidalarini ishlab chiqadi. Bunga lokal
strategik maqsadlar resurslari va muddati bo’yicha o’zaro bog’lanish orqali
erishiladi.
Tadbirkor maqsadga muvofiq biron bir strategik qarorni qabul
qilayotganda, bu qaror boshqa bozor sub`yektlarining manfaatlarini aks
ettiruvchi maqsadlarga zid bo’lmasligi kerak.
Strategik maqsadni tanlash har doim alternativni aniqlash bilan bog’liq,
ya`ni bu maqsadga erishish uchun nima bilan va nimani hisobidan qurbonlik
qilish mumkin.
Resurslarni birinchi bo’lib taqsimlash. Korxona resurslari har doim
cheklangandir. Tadbirkor qaysi maqsadlarga erishgan taqdirda bu
resurslarning mahsulotdorligi yuqori darajada ta`minlanishini aniqlashi kerak.
Boshqaruv harakatlarini amalga oshirish qoidalari. Bu qoidalar ko’p
hollarda hozirgi vaqtdagi va kelgusida korxona faoliyatini baholash, korxona
ichki munosabatlariga ma`lum tartib qoidalarni belgilash uchun alohida
operasiyalarni bajarish uchun tashqi munosabatlarni tartibga solish uchun
mo’ljallangan.
Iqtisodiy
strategiyani
ishlab chiqish korxonani faoliyatining umumiy
maqsad sari yo’nalishini, uni pozisiyasini kengaytirish va mustahkamlash
bilan amalga oshadi.
Strategiyani ishlab chiqish - uzoq va sermehnat jarayondir, shuning
uchun uni bir necha yil ichida bir marotaba qayta qurish mumkin, u
umumlashgan holda, har xil kutulmagan hodisalarni hisobga olgan holda
shakllanadi.
Odatda korxona bir emas, balki har xil sharoitga mo’ljallangan bir
nechta strategiyaga ega. Ularning ichida asosiysi - general strategiyadir,
bunda korxonaning asosiy maqsadini amalga oshirish yo’llari aks etadi.
Ko’zlanmagan hollarga “holatiy strategiya”lar ishlab chiqiladi, u og’ir
ahvoldan chiqish yo’llarini ko’rsatadi. Funksional strategiyalar alohida
korxonaning bo’lim va xizmatlari uchun ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: