Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Iqtisodiy strategiyaning asosiy tashkil etuvchilari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Iqtisodiy strategiyaning asosiy tashkil etuvchilari. 
Korxonaning 
iqtisodiy strategiyasini quyidagi asosiy tashkil etuvchilarga bo’linadi: 
1. Sistemaning ko’rinishidan barcha strategiyalar firmaning ichki va 
tashqi muhit faoliyatiga muvofiqlashgan. 
2. Firmaning tovar strategiyasi. Firmaning missiyasiga javob beruvchi 
tovar va xizmatlar bozorini shakllanishi va o’rganishi tartib qoidalarini ishlab 
chiqadi. Tovar strategiyasining asosiy maqsadi: 
- firmaning kelajakdagi maqsadlari bozorning potensial imkoniyati va 
firmaning resurslari bilan bog’liqligi; 
- tovar texnologiyasining yashash jarayonidagi talabini tahlili; 
-
uzoq davr davomida iqtisodiy foyda asosida va firmaning 
raqobatbardoshligini ta`minlovchi tovar xillarini shakllantirish qoidalarini 
ishlab chiqish. 
Firmaning tashqi iqtisodiy faoliyati strategiyasi (1.7-rasm). 
Iqtisodiy strategiyaning bu yo’nalishi firmaning tashqi bozorda tovar va 
xizmatlarni import va eksport qilishda uning harakat tartib qoidalarini ishlab 
chiqadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish strategiyasi. Bunda 
xarajatlarni kamaytirish hisobiga raqobatbardoshligini oshirishni ta`minlash 


24
uning asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Strategiya mahsulotni kam xarajat sarflab 
tayyorlash, raqobat kurashida yetakchi bo’lish tartib qoidalarini ishlab 
chiqadi. 
Investisiya faoliyati strategiyasi. 
Bu strategiya, firmaning moddiy-texnik manbaasini va tovar-moddiy 
zaxiralarini raqobatga bardoshlilik darajada ushlab turuvchi usullarni tanlash 
bilan xarakterlanadi. Bu esa investision strategiyani tayyorlashda ishlab 
chiqarishning eng qulay shaklini aniqlash zarurligini ifodalaydi. 
Firma xodimlarini rag’batlantirish strategiyasi. Xodimlarni 
rag’batlantirish sistemasini ishlab chiqarish bilan firmaning strategik 
maqsadiga erishishini ifodalaydi. 
1.7-rasm. 
Strategik stimullashtirish sistemasi “mativasion maydon” hosil qilish 
kerak va uning ta`sirida, firma xodimlarining o’z vaqtida bozor talablarini 
yuqori sifatli va samarali qondirishga moyillik tug’diradi. 
Bankrotga duch kelishni bartaraf etish strategiyasi.
Uning asosiy maqsadi oldindan inqirozga moyillikni aniqlash, ya`ni 
inqirozni bildiruvchi boshlang’ich signallarni aniqlab ularni bartaraf etish 
yo’llarini ishlab chiqish hisoblanadi. 
Qiymat belgilash strategiyasi. 
Qiymat belgilash strategiyasining asosi bo’lib quyidagilar bo’la oladi: 
- qiymat belgilash siyosatining qoidalarini tayyorlash; 
- bozor shakliga muvofiqlashgan holda firma harakati qonunlarini 
tayyorlash; 
- narx raqobatchilik usullarini tayyorlash; 
- qiymatli qog’oz va valyuta bozorlaridagi qiymat belgilash uslublari 
sharoitlariga qarab, bozordagi ishlab chiqarish omillariga qarab holatiy 
qoidalarni ishlab chiqish; 
- talab va taklif jarayonlarining o’zgarishiga tayyor turish; 
- talabning o’zgarishiga bog’liq holda baholash usullarini tayyorlash; 
- qiymat belgilash jarayonlariga makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy 
omillarning ta`siri uslublari hisobini ishlab tayyorlash. 
Firm.iq –y str. tash etuvchilari
Firm. tashqi. muh. amalga oshiruvchi
Firmaning ichki muhitida amalga oshiruvchi
Tovar str-yasi 
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirish
Qiymat strategiyasi 
Firmaning investitsion faoliyati strategiyasi
Firmaning ishlab chiqarish resurslari bozori bilan
o’zaro ta`siri strategiyasi 
Firmaning rag’batlantirish strategiyasi 
Kelishish xarajatlarining pasayish strategiyasi
Firmaning tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi
Firmaning beqarorlashishini bartaraf etish strategiyasi


25
Ishlab chiqarish resurslari bozori bilan firmaning o’zaro ta`sir 
strategiyasi. 
U resurslarni samarali taqsimlashni, ishlab chiqarish resurslarini bilan 
talab darajasida ta`minlovchilarni tanlash imkonini beruvchi prinspial holatlar 
to’plashni ifoda etadi. 
Qiymatli qog’ozlar va pul bozorlarida firmaning harakati, strategiyasi. 
Bu strategiya, investisiya, shuningdek mavjud bo’lgan moliyaviy masalalarni 
hal qilish uchun yo’nalgan, moliyaviy resurslarni mobilizasiya qonunlarini 
ishlab chiqishdan iboratdir. 
Turli xil yuridik kelishuvlar xarajatlarini kamaytirish strategiyasi. 
Bu strategiya, shartnoma, aloqalar, kelishuvlar jarayonini amalga 
oshirish va tayyorlashdan iborat bo’ladi. Bu kelishuvlar xodimlarning 
keraksiz komandirovkalarga sarf xarajat qilishni, noaniq axborotlar to’plami 
va ishlab tayyorlashni bartaraf etishga imkon beradi. 
Shunday qilib iqtisodiy strategiya - bu o’zaro bog’langan va o’zaro 
shartli xususiy elementlar mavjudir. Ular firmaning raqobatbardoshligi 
darajasining yuksalishini vujudga keltiruvchi va ta`minlovchi yagona 
maqsadda birlashadilar. 
Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy strategiya - bu firmaning raqobat 
ustunliklarini ta`minlovchi sistemadir. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin