Xizmat ko’rsatish korxonalari strukturasining xususiyati. Sanoat
korxonalari ishlab chiqarish strukturasidan farqli ravishda aholiga maishiy
xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu
xususiyatlar juda ko’p omillarga bog’liq bo’lib, avvalo xizmatlar hajmiga,
nominklaturasiga, ishlab chiqarish texnologiyasiga, xizmat ko’rsatish
zonasiga, korxonalarni joylashuviga bog’liq.
Korxonalar faoliyati samaradorligi ishlab chiqarish bo’limlari
o’lchamlarini to’g’ri tanlashga bog’liqdir. Aholining xizmatlarga bo’lgan
talabini qondiruvchi, ularga xizmatlarni olishda maksimal sharoitlar yaratib
beruvchi, korxona quvvatidan, ishlab chiqarish maydonidan to’liq foydalanish
imkonini beruvchi strukturagina samarali struktura hisoblanadi.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari bevosita aholi bilan aloqada
faoliyat ko’rsatadi, ko’rsatadigan xizmatlar turi ham turlichadir. Shuning
uchun ham bu tarmoqda yirik, murakkab strukturali korxonalarni tashkil
etish maqsadga muvofiq emas.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarining ishlab chiqarish
strukturasining o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda sexlardan tashqari
atelye, ustaxona, studiya, salon, qabul punkti, byuro kabi bo’linmalar ham
mavjud.
Atelyelar o’zining funksional va ishlab chiqarish maqsadiga ko’ra sex
bilan bir xil, lekin keyingi paytda atelyelarning funksiyalari va tarkibi
o’zgarib bormoqda.
Birinchidan atelpyening tarkibiga asosiy, yordamchi bo’limlar tashkil
etiladi. Ikkinchidan, sexdan farqli ravishda aholidan buyurtmalarni qabul
qilib oladi.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari ishlab chiqarish strukturasini
loyihalashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: ishlab chiqarishning
ixtisoslashuvi, korxonalarni rasional joylashtirish; ishlab chiqarish yo’nalishi;
maxalliy sharoit; xususiyatlar.