Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Ishlab chiqarish omillarini tanlash



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

 
2.3.2 Ishlab chiqarish omillarini tanlash 
 
Ishlab chiqarish firma faoliyatining asosiy sohasidir. Firmalar ishlab 
chiqarish omillarini qo’llaydilar, bular, shuningdek, jalb etiladigan 
(kiritiladigan) ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Masalan, non pishiruvchi 
korxona egasi kiritiladigan ishlab chiqarish omillari bo’lmish — ishchilar 
mehnati, un va shakardan iborat xomashyo, shuningdek, pech, hamirqorgich 
va boshqa asbob-uskunalarga qo’yilgan kapitaldan non, gumma va 
qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanadi. 
 
2.3-rasm.
 
Mahsulot ishlab chiqarnsh hajmining ishlab chiqarish minimal 
xarajatlariga bog’liqligi. 
Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallari va 
kapitalga ajratishimiz mumkin, bularning har biri kichikroq guruhlarni o’z 
ichiga oladi. Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida mehnat sig’imi 
K
2

K

K
3
L
2
L
1
L
3
L
Mehnat xarajatlari 
Ka
p
ital


35
ko’rsatkichi orqali ham malakali (duradgordar, muxandislar), ham malakasiz 
mehnat (qishloq xo’jaligi ishchilari)ni, shuningdek firma rahbarlarining 
tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi. 
Po’lat, plastik ashyolar, elektr quvvati. suv va boshqa turli ashyolar 
borki, ular firma sotib olib tayyor mahsulotlarga aylantiradigan materiallar 
hisoblanadi. Binolar, uskunalar va tovar-moddiy buyumlar kapitalga 
taalluqlidir. Kiritiladigan omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard 
mahsulot yaratish o’rtasidagi o’zaro munosabat ishlab chiqarish funksiyasi 
orqali ifodalanadi. 
Ishlab chiqarish funksiyasi firma ishlab chiqarish omillarining har biri 
alohida nisbatda qo’llanganda Q mahsulotni maksimal ishlab chiqarishini 
ko’rsatadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki ishlab chiqarish omilining 
miqdoriga bog’liq. Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi bir yilda kattaligi 
ma`lum bir zavodning mavjud texnologiya va yig’uv konveyerida band 
bo’lgan muayyan miqdordagi mehnat resurslari yordamida ishlab 
chiqariladigan shaxsiy kompyuterlar maksimal sonini aniqlash imkonini 
beradi. Fermer u yoki bu ob-havo sharoitida, mehnatning fondlar bilan 
ta`minlanganlik darajasi va band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil 
hajmini hos ishlab chiqarish funksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Demak, 
ishlab chiqarish funksiyasi muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun 
ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin