Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti


partiyali 
Ayrim 
uchastka-larda 
partiyali 
4. Jihozning 
ixtisoslashuv 
darajasi. 
Mahsulot Mahsus 
universal 
Universal 
5. Jihozning 
joylashuvi. 
Ishlab chiqarish 
jarayoni yo’nali-
shida 
Aralash
Bir turdagi 
jihozlar turi 
bo’yicha 
6. Maxsus asbob 
va moslamalarni 
qo’llash. 
Keng
Cheklangan
Kam
7. Kadrlarning
ixtisoslashuvi.
Yuqori malakada 
tor 
Nisbatan keng 
Universal 
ishchilardan 
keng foydalanish
 
Asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish usulari. 
Ishlab chiqarish 
tashkil usuliga ko’ra korxonalar potok usuli, partiyali usul yoki yakka tartibli 
usul katta salmoqni egallaydigan guruhlarga bo’linadi. Ommaviy va yirik 


41
seriyali ishlab chiqarish mahsulotning katta hajmi hamda cheklangan turi 
nomenklaturasi bilan xarakterlanadi

Ishlab chiqarish jarayoni alohida operasiyalarga taqsimlanadi. Bu esa 
o’z navbatida maxsus jihozlarni va uskunalarni qo’llash imkoniyati 
kengayadi. Ishlab chiqarish masshtabi operasiya sig’imi bilan uzviy 
bog’lanishda har bir ish o’rinlarini faqat bir operasiya bilan to’liq ta`minlash 
imkoniyatini berish tufayli, har bir ish o’rni uzluksiz takrorlanadigan 
operasiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. Ish o’rinlari aniqlilik prinsipiga ko’ra 
texnologik jarayon yo’nalishida joylashtiriladi. Bunday sharoitda ishlab 
chiqarishni tashkil etishning ilg’or usullarini, xususan potokli ishlab 
chiqarishni yo’lga qo’yish uchun katta imkoniyatlar yaratiladi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning ommaviy usuli quyidagi umumiy 
belgilar bilan xarakterlanadi: 
-
bir yoki bir nechta konstruksiya va texnologik jihatdan yaqin bo’lgan 
mahsulotlarni ishlab chiqarish (kompression tipdagi «Minsk», «Zil», 
«Moskva» muzlatgichlari ishlab chiqarish); 
-
aniq mehnat taqsimoti; 
-
ishlab chiqarish jarayonini mehnat sig’imi bo’yicha teng yoki karrali 
operasiyalarga taqsimlash; 
-
mehnat buyumlarining qat`iy tartiblashuvi; 
-
ish o’rniga bir operasiyani biriktirish; 
-
ish o’rinlarining texnologik jarayon yo’nalishida joylashtirish va maxsus 
jihoz, instrument hamda moslamalar bilan jihozlash; 
-
potok tizimining har bir ish o’rnida operasiyalarni parallel bajarishni 
ta`minlash; 
-
tizimda mahsus transport vositalaridan keng foydalanish. 
Shunday qilib, ishlab chiqarishni tashkil etishning potok usuli ishlab 
chiqarishni tashkil etishning barcha tamoyillariga javob beradi. Seriyali
ishlab chiqarish seriya miqdoridan (ishlab chiqarish masshtabidan) hamda
nomenklaturaning turlicha ekanidan kelib chiqib cheklangan turdagi
mahsulot ishlab chiqarishning takrorlanib turishi bilan ajrab turadi. 
Seriyali ishlab chiqarish kichik seriyali, o’rta seriyali va yirik seriyali
ishlab chiqarishga bo’linadi. 
Seriyali ishlab chiqarishda ish o’rinlarini to’liq ixtisoslashtirish, faqat
bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maydonni ajratish
imkoniyati cheklangan. har bir ishlab chiqarish jarayoni ishchi va jihoz
ish vaqtining faqat bir qismini egallaydi. Ish tugagach ishchi boshqa
operasiyaga o’tadi va shu sababdan jihoz ham qayta sozlanadi.
Natijada ish o’rinlari bir nechta doimiy biriktirilgan bir turdagi
operasiyalarni bajarishga ixtisoslashadi. 
Seriyali ishlab chiqarish bir uchastkada tayyorlanadigan mahsulotlar
texnologik yo’nalishlarining turli xilligi bilan xarakterlanadi. Shu 
sababdan sex va uchastkalarda jihozlar texnologik jarayon yo’nalishida
emas , balki texnologik va konstruksiya jihatidan o’xshashlik belgilariga
ko’ra joylashtiriladi.
Masalan: mexanik ishlov berish uchastkasidagi tokarlik, frezer,
revolver va boshqa stanoklar. 
Universal jihozlar bilan bir qatorda mahsus jihoz, instrument va
moslamalar ham qo’llaniladi. 


42
Seriyali ishlab chiqarishning yana bir xususiyati mahsulotlarni
texnologik jarayon operasiyalari va bosqichlari bo’yicha partiyalab
uzatilishidir. Har bir mahsulotni yakka tarzda tayyorlash tayyorlov-
yakunlov ishlariga sarflanadigan vaqtning uzayib ketishiga olib keladi.
Ana shu vaqtni qisqartirish maqsadida bir turdagi mahsulotlar
Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin