Potok tizimini hisoblash uchun boshlang’ich ma`lumotlar va hisoblash tartibi. Uzluksiz potok tizimini hisoblash uchun quyidagi
boshlang’ich ma`lumotlardan foydalaniladi:
1. Natural ifodadagi mahsulot ishlab chiqarish yillik (oylik, kunlik) dasturi;
2. Mahsulot ishlab chiqarish (ta`mirlash) yo’nalishli-texnologik kartasi
(qo’llaniladigan jihoz va vaqt me`yorini ko’rsatgan holda);
3. Potok tizimi tashkil etilayotgan sex, uchastka ish tartibi (smenalar soni,
smena davomiyligi);
4. Mahsulot o’lchami, hajmi;
5. Mahsulot chizmasi;
6. Jihoz o’lchami, sanoat-sanitar me`yorlari;
7. Sex uchastkaning ishlab chiqarish maydoni.
Uzluksiz potok tizimi tashkil etish maxsus hisoblarni talab etadi va bu
hisoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Potok tizimi takti aniqlanadi;
2. Texnologik sinxronlashtirishni amalga oshirish;
3. Zaruriy ish o’rinlari soni, ularning taminlanish koeffisiyentlari hisoblanadi,
ish o’rinlarini ta`minlanish grafigi tuziladi;
4. Ishchilar soni hisoblanadi va tashkiliy sinxronlashtirish amalga oshiriladi;
5. Operasiyalararo transport tanlanadi va transport partiyasi aniqlanadi;
6. Potok tizimining planirovkasi tuziladi va uning parametrlari hisoblanadi;
7. Tizim ichidagi zadellar hisoblanadi.
Potok tizimini hisoblash tartibini chuqurroq ko’rib chiqamiz.
1. Potok tizimini hisoblash tizim taktini aniqlashdan boshlanadi. Takt bu
mahsulot ishlab chiqarish orasidagi vaqt intervalidir. Masalan, agar potok
takti 5 minutga teng bo’lsa, demak har 5 minutda liniyadan tayyor mahsulot
ishlab chiqariladi.
Potok tizimi takti yillik (oylik, smenalik) vaqt fondini shudavr
mobaynida ishlab chiqariladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati
orqali aniqlandi:
τ
=F n . S . K /Oy bu yerda:
τ
- potok tizimi takti, min
/
dona; F
n
- liniyaning (1 smenada)
yillik nominal ish vaqti fondi; S - smenalar soni; K - reglamentlashtirilgan
tanaffuslarni hisobga olish koeffisiyenti; Oy - yillik mahsulot (detal)lar
ishlab chiqarish hajmi, birlik.
Liniyaning yillik ish vaqti fondi quyidagicha aniqlanadi: