90
Soliq yukining oshirilishini yana bir tomondan joriy yilga qadar mol-
mulk va boshqa aktivlarni sotishdan olingan daromad o’rniga, joriy yildan
e`tiboran mol-mulk va boshqa aktivlarni sotishdan
olingan tushum qilib
belgilanishi bilan ham ifodalanadi, bunda mol-mulkning foydaga yoki
zararga sotilganligi e`tiborga olinmaydi, masalan asosiy vositalar sotilganida
ularning eskirish qiymati soliq ob`yektini kamaytirmaydi.
Ixchamlashtirilgan soliq tizimiga o’tgan
mikrofirmalar va kichik
korxonalar faoliyatini rivojlanishini rag’batlantirishda shubhasiz, O’zR
VMsining 2002-yil 13- noyabridagi 390-qarorini o’rni beqiyosdir. Ushbu
qarorga muvofiq 2003-yil 1- yanvaridan e`tiboran 2007-yil 31-
dekabrigacha:
- iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar olingan tushumdan yagona
soliqni amaldagi stavkasidan 25 foizga tushirildi;
- nooziq-ovqat iste`mol tovarlari (tamaki,zargarlik
buyumlari, kir va
atir sovin, benzindan tashqari) ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar aksiz
solig’idan ozod etildi.
Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb
masalalardan biri bo’lib, ular faoliyatini rivojlantirishda va rag’batlantirishda
joriy etilgan soliq tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin, shuni ta’kidlash
lozimki, ixchamlashtirilgan va oshirilgan
soliq tizimi kichik biznes
sub`yektlari uchun imtiyoz emas, mazkur tizim ular moliyaviy natijalariga,
iqtisodiy faravonligiga ta`sir ko’rsatib, ijobiy va salbiy jihatlarga ega bo’ladi.
Yaratilgan soliq tizimi xo’jalik yurituvchi sub`yektlarni qoniqtirmaydi, uni
yanada takomillashtirish va kamaytirish lozim.
Dostları ilə paylaş: