92
-
mahsulot birligiga xom-ashyo, material, yoqilg’i, yarimfabrikatlarning
ilmiy asoslangan sarf me`yorlarini
ishlab chiqarish;
-
talabni hisoblash asosida material resurslarga buyurtmalar tuzish va
ta`minot rejasini ishlab chiqarish;
-
ta`minotchi korxonalar bilan aloqa o’rnatish va shartnomalar tuzish.
Material resurslarga bo’lgan talab quyidagi asosiy ehtiyojlar uchun
hisoblanadi:
-
mahsulot ishlab chiqarish va ta`mirlash – ekspluatasion ehtiyojlar uchun
(transport vositalarini ekspluatasiya qilish va ta`mirlash,
jihozlarni saqlash
va ta`mirlash);
-
texnik bazani takomillashtirish (texnologik uskunalarni tayyorlash;
jihozlarni modernizasiya qilish, texnika xavfsizligi vositalarini yaratish);
-
xom-ashyo va material zapaslarini tashkil etish yoki to’ldirish;
-
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini oshirish;
-
asosiy fondlarni kapital ta`mirlash;
-
kapital qurilish.
Shunday qilib, korxonaning material resurslarga bo’lgan umumiy talabi
rejalashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan
material
resurslar miqdoridan keskin farq qiladi. MTT rejasini tuzish tayyorlov
ishlaridan ya`ni rejalashtirish uchun zarur bo’lgan barcha ma`lumotlarni
o’zida mujassam etgan hujjatlarni tanlash va tahlil qilishdan boshlanadi.
Ishlab chiqarish va ekspluatasiya ehtiyojlari uchun materiallarga talab
quyidagi tartibda hisoblanadi:
-
ishlab chiqariladigan mahsulot (ko’rsatiladigan xizmat) turlari bo’yicha,
so’ngra korxona bo’yicha umumiy talab hamda tashkiliy texnik tadbirlarni
bajarish uchun talab aniqlanadi;
-
reja yili oxiriga o’tkaziladigan material-resurslar
zapasi va yil boshiga
ushbu resurslarning kutilayotgan qoldig’i aniqlandi;
-
ichki imkoniyatlardan foydalanish rejasi tuziladi.
Talab material resurslar guruhlari bo’yicha yuqori darajada texnik jihatdan
asoslangan holda hisoblanadi.
Material resurslarga ta’labni hisoblashda turli usullardan foydalaniladi:
1. To’g’ri hisoblash usuli. Ushbu usulda ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan
mahsulot hajmi mahsulot birligiga sarf normasiga ko’paytirish orqali material
resurslarga talab aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: