102
mahsulot sifati va tannarxiga korxonaning bir me`yorda ishlashiga katta ta`sir
ko’rsatadi.
Ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan, mexanizasiyalashtirilgan yangi
texnologiyani keng joriy qilish instrument va texnologik uskunalarning sifati,
chidamliligi, aniqliligi kabi ko’rsatkichlariga yuqori talablar qo’yadi.
Texnologik uskuna - texnologik jarayonni belgilangan qismini bajarish
uchun texnologik jihozlarga biriktiriladigan ishlab chiqarish qurolidir.
Masalan,
turli xil instrumentlar, plastmassalar, shtamplar, press-shakllar,
nazorat qilish vositalari.
Texnologik uskuna va instrumentlar ixtisoslashtirilgan korxonalar va
korxonalar tarkibiga kiruvchi instrumental sexlarda ishlab chiqariladi.
Instrumental xo’jalikning asosiy vazifalari:
-
korxonaning turli xil texnologik moslamalarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash;
-
har bir ish joyini zaruriy miqdorda sifatli uskuna bilan ta`minlanishini
tashkil etish;
-
kerakli miqdordagi instrumentlar zapasini tashkil etish,
ularni saqlash;
-
mahsulot birligiga to’g’ri keladigan instrument sarfini va tannarxini
doimiy ravishda pasaytirib borish.
Instrumental xo’jalikning tarkibiga quyidagi bo’limlar kiradi:
-
yangi, maxsus instrumentlarni tayyorlovchi hamda murakkab texnologik
uskunalarni remontini amalga oshiruvchi instrumental sex;
-
asosiy ishlab chiqarish sexlari, tarkibiga kiruvchi instrument va
uskunalarni remont qilish bilan shug’ullanuvchi instrumental uchastkalar;
-
tiklash ustaxonalari;
-
instrumentlarni saqlash va uzatish bilan shug’ullanuvchi kladovkalar;
-
instrumentlarni saqlash omborxonasi.
Instrumental sexlarning hajmi va
soni ishlab chiqarish turiga, ishlab
chiqaradigan mahsulot hajmiga konstruktiv-texnologik xususiyatlariga
bog’liq.
Instrumental sexlar ixtisoslashtirilgan hamda kompleks sexlar bo’lishi
mumkin.
Texnologik uskunalarni ishlab chiqarish, rejalashtirish va ulardan
foydalanishni takomillashtirish uchun ularni ma`lum bir belgilarga ko’ra
klassifikasiyalashtirish lozim. Foydalanish xarakteriga ko’ra uskuna yoki
instrumentlar standartlashtirilgan va maxsus bo’lishi mumkin.
Standart instrumentlar parametrlari bo’yicha davlat standartiga mos keladi
va bir qancha korxonalar esa alohida detalga
ishlov berishda biron bir
operasiyani bajarish uchun qo’llaniladi. Ishlab chiqarishdagi ishtirok etishiga
ko’ra, instrument va uskunalar sinflarga (qirquvchi, o’lchovchi, yordamchi
instrument, shtamplar, moslamalar, press shakllar) guruhlarga,
turlarga
ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: