112
dispetcher doimiy ravishda transport vositalarining harakat yo’nalishi
bo’yicha zaruriy ko’rsatkichlarni belgilab beradi va talab etilganda transport
vositalarini bilan ta`minlashni yo’lga qo’yadi.
Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarish sexlarida operasiyalararo va
sexlararo uzatishlar uzluksiz harakat qiluvchi transport yordamida amalga
oshiriladi.
Potok liniyalarida qanday transport vositalaridan foydalanishni
belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning massasi, soni, shakli, uzatish
usuli, zaruriy idishlarning xarakteristikasi, binoning konstruktiv xususiyatlari
e`tiborga olinadi.
Yig’ish
sexlarida
operasiyalararo
va sex ichidagi uzatishlar osma
konveyerlar yordamida amalga oshiriladi.
Osma konveyrlarning uch xil turi mavjud: yuk tashuvchi, yukni
sudrovchsi, yukni olib o’tuvchi.
Transport sexi ishini tashkil etishning asosiy masalalaridan biri
transport vositalarini tanlashdir. Bu jarayon qabul qilingan texnologik
jarayon va turli vaqtlarni iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi.
Transport xo’jaligini rasional tashkil etish quyidagi vazifalarni hal
qiladi.
1.
Material vositalar va mehnat transportlarining kamaytirish.
2.
Ishlab chiqarish ishlari vaqitini kamaytirish va texnologik jihozdan
foydalanish koeffisiyentining oshishi.
3.
Og’ir jismoniy mehnatni yo’qotish.
4.
Mehnat sharoitlarining xavfsizligini ta`minlash.
5.
Ishlab chiqarish uzluksizligini ta`minlash.
Transport vositalarini tanlash kompleks xarakterga egadir va quyidagi tartibda
amalga oshiriladi. Eng avvalo transport vositalarini tanlashga ta`sir
ko’rsatuvchi omillar tahlil qilinadi. Bu omillar ikki guruhga ajratiladi:
1.Yuklarning transport xususiyatlari. 2. Yuklarning uzatilish sharoitlari.
Yuklarning xususiyatlari transport vositalarining yuk ko’tarish qobiliyatlari,
o’lchamlari, turlarini belgilaydi.
Transoprtirovka masofasi ham muhim ahamiyatga ega. Bu ko’rsatkich
eng avvalo elektrotransportlarga bog’liq. Chunki uning tezligi ichki yoquv
dvigateli yordamida ishlovchi transport vositalarini 25 marta kichik, lekin
usul ishlatish jarayonida afzalliklarga ega.
Dostları ilə paylaş: