117
Korxonaning o’lchov ko’rsatkichlariga uning ishlab chiqarish maydoni, ishlab
chiqarishda bevosita qatnashuvchi ishchilar yoki umumiy ishlovchilar soni,
loyiha bo’yicha korxonaning yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi, real
jismoniy kapitallarning jami qiymati yoki ularning ishlab chiqarishda
bevosita ishtirok etuvchi qismining qiymati va boshqalar. Quvvat ko’rsatkichi
odatda korxonaning natural ko’rinishdagi mahsulot ishlab chiqarish bilan
bog’liqdir. Bunda faqat amalda qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
hisobga olinadi. Bu tavsiflashlar faqatgina korxona to’g’risida umumiy
tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi, lekin uning to’la ishlab chiqarish
imkoniyatlari borasida to’liq axborot bera olmaydi.
Ikkinchidan, bozor munosabatlariga o’tish davrida korxonalar
o’zlarining mavjud ishlab chiqarish quvvatidan va asosiy sarmoyasidan
foydalanish samaradorligini oshirish masalasi muhim o’rin tutmoqda. Bu
masalaning ijobiy hal etilishi korxonalarning tarmoq ishlab chiqarishdagi
o’rni, uning moliyaviy ahvoli va bozordagi raqobatbardoshligiga bog’liqdir.
Korxonaning asosiy sarmoyasi hajmi va undan foydalanish darajasi
korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi.
Uchinchidan, korxonaning kadrlar yoki mehnat resurslardan samarali
foydalanishi. Korxona kadrlari yoki mehnat resurslarini boshqarish bular shu
korxonaning xodimlari ro’yxatiga kiruvchi turli sohada mehnat qiluvchi
mutaxassislardan iborat bo’lib, ularni yagona bosh maqsad sari manfaatdorlik
asosida yo’naltirishdan iborat bo’lishi lozim.
To’rtinchidan, rahbariyatning korxona umumiy faoliyatini oqilona
rejalashtirishi. Bu ko’p jihatdan butun boshqarish tizimining samaradorligini
belgilab beradi. Korxonalarda ishlab chiqarishni rejalashtirish - ishlab
chiqarish jarayonining kelajakdagi o’sishini va uning natijalarini
bosqichma-bosqich aniq ko’ra bilish va dasturlashdir. Bunda ilmiy axborot
resurslarini tahlil etish asosida korxona rejasi, ishlovchilar faoliyati, moddiy
va moliyaviy resurslar hisobga olishi kerak.
Beshinchidan, korxonada ishlab chiqarishni boshqarish va uni tartibga
solib turli hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida murakkab tizimni
mujassamlashtirgan. Bular boshqarish mexanizmini tashkil qiluvchi tizimlar,
korxona faoliyatida qatnashuvchi barcha bo’g’inlar va ishlovchilar o’rtasidagi
o’zaro munosabatlardan iboratdir.
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimi unda qatnashuvchi barcha
bo’g’inlar faoliyatini bog’lab turuvchi bir butun mexanizmdir. Bunda barcha
bo’g’inlar o’zlariga biriktirilgan vazifalarni boshqa bo’g’inlardagi vazifalar
bilan bog’liqlikda samarali amalga oshirishi katta ishlab chiqarish natijalariga
olib keladi.
Albatta, bunday mexanizmda tadbirkorlik qobiliyati va innovasion
muhit shakllangan bo’lmog’i lozim. Chunki bu hozirgi kunning talabi
bo’libgina qolmasdan, balki iqtisodiy salohiyatni shakllantirishning eng
asosiy omillaridan biri hamdir.
Dostları ilə paylaş: