Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Foydaning mohiyati, ahamiyati va uni rejalashtirish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Foydaning mohiyati, ahamiyati va uni rejalashtirish. 
Korxonaning 
ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini baholashda asosiy ko’rsatkichlardan 
biri foydadir. Foyda deb - mahsulotni ulgurji baxodan sotishdan hosil 
bo’lgan pul miqdoridan, uning ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni 
chegirib tashlangan holda paydo bo’lgan sof daromadga aytiladi. 
Foyda korxona jamoasi moliya resurslarinig asosiy manbai bo’lib, u 
jamoa a`zolari moddiy turmush darajasining yaxshilanishiga olib keladi. 
Foyda korxona ishlab chiqarishini kengaytirish va rivojlantirish, 
rag’batlantiruvchi fondni tashkil qilishda asosiy manba vositasini bajaradi. 
Korxona foydasining hajmi u ishlab chiqarayotgan mahsulot sifatiga ham 
bog’liqdir. Chunki yuqori sifatli mahsulot bir necha yuqori ulgurji narxlarda 
realizasiya qilinadi. Korxona mahsulotini hajmi asosiy va aylanma ishlab 
chiqarish fondlaridan samarali foydalanishga ham bog’liq.
Ilg’or korxonalarda yangi texnika va texnologidan unumli foydalanib 
rejadagi mahsulot hajmini oshirib bajarilishi natijasida mahsulot tannarxi 
pasayib foyda miqdori esa o’sib boradi. 
Korxona foydasi realizasiya mahsulotning ulgurji baxosi (oborot 
solig’idan tashqari) bilan mahsulot to’la tannarxi o’rtasidagi farq bo’lib u 
quyidagi formula asosida aniqlanadi:
F = TMulg – Tn. T ,
 
bu yerda: F – foyda (so’m hisobida), TMulg – 
realizasiya qilingan (sotilgan) tovar mahsulotning ulgirji baholarda 
belgilangan qiymati (so’m) hisobida; Tn.t mahsulotni to’la tannarxi (so’m) 
hisobida. 
 
Korxonaning foyda miqdori tarkibiga quyidagi sohalardan olingan 
foyda ham kiradi.
Yordamchi qishloq xo’jaligi va chorvachilik mahsulotlarini sotishdan 
olingan foyda; transport vositalari orqali xizmat ko’rsatish va ularni ijaraga 
berishdan olingan foyda; ikkinchi darajali resurslarni qayta ishlab mahsulot 
olishdan ko’rilgan foyda; korxonada ortiqcha keraksiz va ma’naviy eskirgan 
asbob- uskunalarning sotish va boshqa manbalardan olingan foyda.
Hisobli foyda – asosiy sanoat ishlab chiqarishlar uchun balans 
foydadan haq ushlab qolingan qismidan xosil bo’ladi. Bu foyda korxona 
kollektivini rag’batlantirish, ijtimoiy madaniy tadbirlar va uy-joy qurilishi, 
aylanma mablag’larini to’ldirish va shunga o’xshash to’lovlarga sarflanadi.
Foydaning asosiy qismi mahsulotni realizasiya qilishdan xosil bo’ladi 
shuning uchun foyda realizasiya qilinayotgan mahsulot hajmi, uning 
tannarxi, sifati va turlari e`tiborga olingan holda rejalashtiriladi. Reja yilida 
foydani aniqlash uchun, oldin ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi, 


121
ularning pul ifodasida yalpi va tovar qiymati natural ifodasi hisoblab 
chiqiladi (6.1-jadval).
Vino kombinatlarining yil davomida ishlab chiqargan mahsulot 
(namuna hisobida).
6.1-jadval. 
Assorti-
mentlar 
nomi 
Birlamchi 
qiymat 
Mahsulo

Hajmi
-ning 
dal. 
Yalpi 
mahsulot 
(ming 
so’m) 
Tovar 
mahsulot 
(ming so’m)
«Beloye 
stolovoye» 
123-20 244-25 
139,5 17181 34062,3 
Bayan 
Shirin 
122-20 90-69 74,7 9207,4 6777,8 
Soyaki
138-40 
138-40 
1,8 249,8 243,8 
Jadval ma`lumotlaridan shuni aniqlash mumkinki, vino kombinatining 
yil davomida rejalashtirilgan ishlab chiqarish dasturiga binoan mahsulot turli, 
ularning birlamchi mahsulot uchun qiymati, hajmi, yalpi va tovar mahsulotlar 
yilga rejalashtirilgan. Bu jadval namuna uchun berilgan.
Realizasiya qilinadigan mahsulotni qiymati (6.1–jadval) joriy yil 
baxosida berilgan.
Jadval raqamlaridan foydalangan holda yalpi va tovar mahsulotlar 
hajmini ko’rib chiqamiz.
Yalpi mahsulot qiymatini topish uchun tayyorlanadigan mahsulot 
hajmiga ko’paytiriladi tovar mahsuloti hajmini, birlamchi mahsulot qiymatini 
mahsulot hajmiga korxonalarni turli poyaslarda joylanishi natijasida 
mahsulotlarni realizasiya qilishda xosil bo’ladigan foyda ham ko’p yoki oz 
miqdorda bo’lishi, foydani rejalashtirishda respublika va undan tashqaridagi 
regionlarda korxona va savdo idoralarining joylashishi natijasida turli 
poyaslarni e`tiborga olish tavsiya etiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin