O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156
jaxon adabiyati songisi

B.Shou ijtimoiy dramalari

Bernard Shou (1856–1950)
Angliya 
ijtimoiy dramasining otasidir. U Angliya dramaturgiyasi an’analarini, 
Ibsen va Chexov teatri tajribalarini davom ettirgan holda XX asr 
dramaturgiyasida yangi sahifani ochib berdi.
B.Shou Irlandiya poytaxti Dublinda kichik xizmatchi oilasida 
dunyoga keldi. 1876-yildan Londonga keldi. Hayot Shou uchun 
maktab vazifasini o‘tadi. U tinmay mutolaa qilish bilan o‘z bilimini 
kengaytirdi va 70-yillarning oxiri hamda 80-yillarda bir nechta ro
-
manlarni yozdi. Ijtimoiy mavzudagi ushbu asarlar badiiy jihatdan 
nomukammalligi vajidan shuhrat qozonmadi («Nomatlub nikoh», 
«Artistlar muhabbati», «Keshel Bayronning kasbi» va boshqalar)
Shouga 
dramatik asarlari katta shuhrat keltirdi. U Ibsen drama-
turgiyasining asosiy mohiyatini targ‘ib qildi. Shouning Ibsen ijodi 
bo‘yicha o‘qigan ma’ruzalari asosida «Ibsenizmning kvint-essen
-
siyasi» (1891) asari dunyoga keldi. Ushbu kitob Shou ijodining 
dasturiga aylandi. «Ibsenizmning kvint-essensiyasi har qanday for
-
muladan voz kyyechishdir», deydi dramaturg. Ibsen faqat biznigina 
ko‘rsatib qolmaydi, u bizni, o‘zimizning holatlarimizda namoyon 
etadi. Uning sahna qahramonlaridagi holat bizda ham ro‘y beradi. 
Buning natijasida, Shou pyesalari Shekspir asarlaridan ko‘ra ko‘prok 
ta’sir ko‘rsatadi.
Shouning ingliz teatriga kiritgan novatorligi uning yangi tipdagi 
pyesa-intellektual drama yaratishi bilan xarakterlanadi. Bu tipdagi 
dramada intriga va jiddiy syujet emas, balki keskin munozara asosiy 
rol o‘ynaydi.
Shouning dramatik faoliyati 1891-yilda Londonda rejissyor To
-
mas Greyn tomonidan tomoshabinlarni zamonaviy dramaturgiya 


220
bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan «Mustaqil teatr» bilan 
bog‘liq. Ushbu teatrda Ibsen, Chexov, Gorkiy singari dramaturglarn
-
ing mashhur asarlari sahnalashtirildi. B.Shou yaratgan dastlabki py
-
esalar 
«
Yoqimsiz pyesalar» nomi bilan ataluvchi turkumni tashkil 
etadi. Bunga «Bevaning hujralari» (1892), «Sansolarlik» (1893), 
«Uorren xonimning kasbi»(1893–94) pyesalari kiradi. Ularda katta 
boylikka ega, tinch hayot kechiruvchi, sirtdan ancha insofli va sa
-
lobatli ko‘rinsa ham, aslida boylik to‘plashga hirs qo‘ygan, insoniy 
his-tuyg‘ulardan mahrum kishilarning tipik obrazlari namoyon buladi.
«Uorren xonimning kasbi» pyesasida kambag‘al kishilarning fo
-
jiali hayotini ai’anaviy boylikka hirs qo‘ygan mulkdorlarning ish-
larida ochiq ko‘rsatiladi. Uorren sobiq fohisha bo‘lib, ushbu «kasb» 
orqali anchagina boyigan ayol. U Ovrupaning katta shaharlari – 
Berlin, Bryussel, Budapeshtda xotin-qizlar saqlanadigan bir qancha 
maxsus uylarni boshqaradi. Uorren xonim o‘z opalarining qisma
-
tini o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Opalarining biri 12 soatlab ishlab, oxir-
oqibat, salomatligi yomonlashib hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, ik-
kinchisi ham kichik chinovnikka turmushga chiqqanligiga qaramay, 
muhtojlikda yashab vafot etgan edi. 
«Yoqimsiz pyesalar”da Shouning sahna asarini o‘qishga 
mo‘ljallangan pyesaga aylantirish tendensiyasi ko‘zga tashlana 
boshlaydi. Asarga nafaqat holatni ko‘rsatuvchi, balki qahramonlarga 
xarakteristika beruvchi katta-katta remarkalar kiritiladi. Shou pyesal
-
arining ikkinchi turkumi «Yoqimtoy pyesalar» bo‘lib, unga «Qurol 
va inson» (1894), «Kandida» (1895), «Taqdir bandasi» ( 1898) ko
-
mediyalari kiradi. Bu asarlarda satirik tasvir uslubi o‘zgaradi. «Yo
-
qimsiz pyesalar»da muallif ijtimoiy tuzumning jirkanch tomonlarini 
ochiq-oydin tasvirlagan va birinchi navbatda ijtimoiy muammolarga 
murojaat etgan bo‘lsa, «Yoqimtoy pyesalar»da asosiy e’tiborni axlo
-
qiy masalalarga qaratadi.
«Qurol va inson» pyesasida urush haqidagi soxta qarashlar, ro
-
mantik xayollar, shovinistlarning targ‘ibotlari ta’sirida inglizlarda 
tug‘ilgan urushqoqlik kayfiyatlari tanqid qilinadi.


221
1897–1899-yillarda 3 ta pyesadan iborat «Puritanbop pyesalar» 
yaratildi. 
1914–1918-yillari Shou ijodida qarama-qarshiliklar, izlanishlar 
davri bo‘ldi. Bu yillarda u Fabian ta’limoti, idealistik falsafasining 
«hayotiy qudrat» konsepsiyasi tarafdori bo‘ldi. («Inson va komil in
-
son» pyesasi, 1903) 1912-yilda yaratilgan «Pigmalion» komediya
-
sida B.Shou demokratik qarashlari o‘z ifodasini topdi.
Birinchi jahon
 
urushi davrida yaratilgan eng yetuk asar «Yurak
-
larni tilka-pora etguvchi xonadon» pyesasi bo‘lib, u 1919-yilda 
nashr etildi. Asarda urush arafasidagi Angliya hayotining keng 
manzarasi aks ettirildi. Ijtimoiy tanqid pyesada Angliya ziyolilari 
vakillari bo‘lgan qahramonlar ruhiy olamini chuqur tahlil qilish bi-
lan uyg‘unlashib ketgan. Sobiq, dengizchi Shotoverning kema shak-
lida qurilgan uyi. Angliya jamiyatining ramzi sifatida tasvirlangan 
bo‘lib, bu uy, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni kutayotgan 
yo‘lovchilarni yodga soladi.
Pyesada aniq, syujet chizig‘i ko‘zga tashlanmaydi. Muallifni aso
-
san qahramonlarning kayfiyati, atrof-olamni qanday qabul qilishlari 
qiziqtiradi. Ularda aniq bir maqsad, harakat va, eng asosiysi, idealn-
ing o‘zi yo‘q. Shuning uchun asar finali ham ramziy xarakterga ega: 
urush boshlandi, dushman samolyotlari bomba tashlamoqda, kapi
-
tan Shotover xonadonining a’zolari uchuvchilarni jalb qilish maqsa-
dida barcha xonalardagi chiroqlarni yoqib qo‘yishadi. Ellining «Bu 
uyga o‘t quying!»-degan xitobi qalblari majruh kishilar bilan to‘la 
xonadonlarda istiqomat qiluvchi barcha insonlarga tegishlidir.
20–30-yillarda yaratilgan asarlar orasida “Avliyo Janna” (1923), 
“Olma ortilgan arava” (1929), “Achchiq, lekin haqiqat” (1932) py
-
esalari alohida o‘rin tutadi. B.Shou mumtoz teatr an’analarini boyit
-
gan novator sifatida adabiyot tarixidan joy oldi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin