O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Modernizm.
XX asr boshlarida simvolizm o‘rnida futurizm
ekspressionizm, imajinizm, dadaizm, kubizm, abstraksionizm, sy
-
urrealizm singari oqimlar faoliyat ko‘rsatdi. Ular modernistik yoki 
avangard oqimlar deb atala boshlandi. Yangi asrning 20-yillarigacha 


222
– avangard adabiy maktab va oqimlarining shakllanish davri bo‘ldi. 
Bular qatoriga 
futurizm, imajizm, dadaizm, syurrealizm 
va boshqa 
oqimlar kiradi. Adabyotshunoslikda modernizm atamasi turlicha 
talqin etiladi. Ba’zi adabiyotshunoslar modernizm va dekadansga 
bir xil hodisa, deb ta’rif beradilar. Boshqa tadqiqotchilarning qa
-
rashlariga ko‘ra modernizm dekadansga nisbatan ancha keyingi ad-
abiy hodisadir. Modernizmning dekadans bilan umumiy tomonlari 
bo‘lishiga qaramay, u dekadansdan keyin paydo bo‘lgan va undan 
ko‘p jihatdan farq qiluvchi yo‘nalishdir. Yana bir ta’rifga ko‘ra yangi 
davrdagi barcha avangard oqimlarni modernizm deb atash mumkin.
Shunday qilib, modernizm dekadansdan keyin paydo bo‘lgan, bi
-
roq o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan jarayon. Modernistlar ko‘p to
-
monlari bilan dekadentlarga hamfikr ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. 
Idealistik falsafaga tayanish, shaxsiyatparastlikni ulug‘lash va 
boshqa jihatlar ularni bir-biriga yaqinlashtirsa-da, modernchilar 
o‘zlarini dekadent deb atamaydilar. Aksincha, ular dekadentlik va 
simvolizmga qarshi kurashayotganini e’tirof etganlar. Simvolizm 
she’riyatiga xos bo‘lgan mavhumlik, poetikadagi tashbeh va ishora 
modernistlarni qanoatlantirmaydi. Ular butunlay yangi, zamonaviy, 
avangard san’atni yaratayotganliklarini qayd etadilar. Shuning uc-
hun ham “modernizm”, “avangardizm” atamalari “dekadans” ata-
masi singari vaqt o‘tishi bilan keng ma’noda qo‘llanilib, estetika, 
tasviriy san’at, musiqa va me’morchilik sohalariga tatbiq etila bosh-
landi.
Bir qancha modernchilar Anri Bergson(1859–1941) falsafasiga 
tayanadilar. Faylasuf o‘zining “Materiya va xotira”(1896), “Ijodiy 
evolyutsiya”(1907) asarlarida intuitizm falsafasining asosiy tamoy
-
illarini belgilab berdi. Unga ko‘ra intuitiv anglash his-tuyg‘ularning, 
mantiqiy fikrlashning ishtirokisiz ro‘y beradi. Intuitsiyani borliqdagi 
barcha narsani yaratgan o‘ziga xos kuch – “hayotiy intilish” boshqa
-
radi. Vaqt ob’ektiv borliq sifatida mavjud emas, vaqtni faqatgina 
sub’ektiv qabul qilish mavjud. Bergsonning fikricha, san’at intu
-
itiv anglashdir. Intellekt negizida intuitsiya yotadi. Yana boshqa bir 


223
guruh modernistlarga Zigmund Freyd (1856–1939) ta’limotining 
ta’siri katta bo‘ldi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin