O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Ekspressionizm 
(fr.expression – ifodalash, ma’nodor qilib aniq 
ifodalash). Birinchi jahon urushidan sal avval Ovrupa mamlakat
-
larida kuzatilgan inqiroz natijasida kelib chiqqan oqim bo‘lib, ular 
san’atkorning vazifasi tashqi dunyo haqidagi sub’ektiv-indualistik 
kayfiyatlarni aniq, ta’sirli ifodalashdan iborat deb hisoblaganlar. 
Ekspressionist ijodkorlarning asarlarida ijtimoiy-tanqidiy 
jo‘shqinlik yyyetakchilik qilgan, ular millionlab oilalarning boshiga 
azob-uqubatlar keltirgan jahon urushi, ijtimoiy adolatsizlik, shaxs 
erkinligini bo‘g‘ilishini tanqid qildilar. 
Futurizm 
(lot.futurum – kelajak) – yyyetakchi avangard oqim
-
lardan biri bo‘lib, Italiya va Rossiyada rivojlandi. Uning tamoyilla-
rini italiyalik yozuvchi F.Marinetti (1876–1944) shaxsiyatparastlik, 
isyon ruhi bilan sug‘orilgan “Futurizm manifesti” (1909)da aso
-
sladi. Uning tezislari orasida quyidagilar ham bor edi: “Kurashsiz 
go‘zallik yo‘q. Tajovuzkorliksiz durdona yo‘q”; “Biz muzeylar, ku
-
tubxonalarni vayron qilmoqchi, nasihatguylik, feminism (ayollarn-
ing teng huquqli bo‘lishi uchun kurashish), va boshqa tubanliklarga 
qarshi kurashmoqchimiz”.
Marinetti texnika yangiliklari, mashinalar, motorlar kabi urbanis-
tik sivilizatsiyaning ajralmas qismlarini kuylovchi “kelajakning din-
amik adabiyoti” kelganini e’lon qildi. U o‘zining bir qator manifest-
larida (1909–1915) futuristik stilistikaga oid asosiy talabni ishlab 
chiqdi, bu: an’anaviy sintaksisni tubdan o‘zgartirish va deyarli to‘liq 
otlardan iborat bo‘lgan, fe’l va sifatlardan esa juda kam foydalanuv-
chi o‘ziga xos “telegraf tilidan” foydalanish. 
“Qisqacha aytilsa, futurizm namoyandalari jamiyatdagi taraqqi-
yot tendensiyalaridan kelib chiqqan holda, uning ertasini, ertangi 
inson va insoniy munosabatlarni o‘zlaricha tasavvur qiladilar va 
shunga mos adabiyotni yaratish da’vosi bilan maydonga chiqadilar. 
Ya’ni futurizm asrlar davomida shakllangan an’anaviy madaniyatga 
ilmiy-texnik taraqqiyot va urbanizatsiyalashuv davri madaniyatini 


224
qarshi qo‘yadi. Kelajak haqidagi tasavvur esa mazkur jarayonlar bi-
lan bog‘liq holda kishilar dunyoqarashi, axloqi, turmush tarzi va shu 
kabilarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni mutlaqlashtirish asosida 
amalga oshiradi.”
27
Rossiyada futurizm deyarli mustaqil shakllandi va V.Xlebnikov, 
D.Burlyuk, V.Kamenskiy, A.Kruchenix va V.Mayakovskiy ijodida 
namoyon bo‘ldi.
Imajizm.
1910-yillarda ingliz-Amerika adabiyotida paydo 
bo‘lgan imajizm(ing. Image – obraz, qiyofa) oqimi 1917-yilga 
kelib o‘z faoliyatini tugatdi. AQShda imajizm “poetik Renes
-
sans” davrida(1912–1925) qisqa muddat gullab-yashnadi. Imajist
-
lar estetikasi T.E.Xyumning(1883–1917) tanqidiy maqolalari va 
E.Paundning(1885–1972) she’riy tajribasiga asoslandi. Imajistlar 
tasvirda lirik sub’ektivlik va ruhiy kechinmalardan ozod bo‘lgan an-
iqlikni va “xom obrazning sof” bo‘lishini talab qildilar. Ular bir ne-
cha she’riy antologiyalar chop ettirdilar hamda yangi vazn va shak
-
llarning, erkin tematika, qisqalik va aniqlik tarafdorlari edi. Yirik 
inglizzabon shoir, ulkan iqtidor sohibi Ezra Paund imajinizmning 
ilk davrida ularga yo‘lboshchilik qildi. 1910–1920-yillarda Ros
-
siyada

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin