O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


imajizmga yaqin bo‘lgan  imajinizm



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156
jaxon adabiyati songisi

 
imajizmga yaqin bo‘lgan 
imajinizm 
oqimi shakllandi. Bu 
oqimning eng yirik namoyondalari S.Yesenin, V.Shershenevich, 
A.Mariengoflar san’atni siyosiylashtirishga qarshi chiqdilar.
Ekspressionizm
badiiy-g‘oyaviy oqim bo‘lib, u madaniyatning 
turli sohalarida(adabiyot, tasviriy san’at, teatr, musiqa, haykaltaro-
shlik) namoyon bo‘ldi. U yo‘nalish sifatida Birinchi jahon urushi 
arafasida paydo bo‘lib, 20-yillarning o‘rtalarida adabiyot sahnasidan 
tushdi. Bu yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari sifatida I.Bexer, 
V.Volf, L.Rubiner, G.Kayzer, V.Gazenklever, E.Toller, L.Franklarni 
ko‘rsatish mumkin. Insoniy qadriyatlarni himoya qilib chiqqan 
ekspressionistlar militarizm va ulug‘ millatchilik g‘oyasiga qarshi 
chiqdilar. 
27
D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: 
“Akademnashr”. 2010. – B.347.


225
Dadaizm 
(fr. dada – yog‘ochdan ishlangan o‘yinchoq ot, ko‘chma 
ma’noda bolalarga xos betartib nutq) – Birinchi jahon urushi davri
-
da Syurix(Shveytsariya)da paydo bo‘lib, 1920-yillar boshida tar
-
qab ketgan nigilistik xarakterdagi oqim. O‘z safiga T.Tsara(rumin), 
R.Gyulzenbek(nemis), A.Breton, L.Aragon, P.Elyuar(fransuzlar) 
singari ijodkorlarni birlashtirgan guruh a’zolari alogizmga tayan-
gan holda, so‘zlarni ma’lum tartibda qo‘llash hisobiga real bor-
liqqa o‘xshamaydigan o‘ziga xos dunyoni yaratishga harakat qildi-
lar. “Dadaizm mohiyat e’tibori bilan urushga, jahon urushi keltirib 
chiqargan muhitga qarshi isyon edi. Ularning isyoni mavjud tartibot-
larni inkor qilish, ularni ma’nisiz(absurd) deb hisoblashda, anarx
-
izmni bunday sharoitda eng maqbul mavqe deb bilishda namoyon 
bo‘ladi. Shulardan kelib chiqib, dadaizmning san’at va adabiyotdagi 
isyonkorlik mavqeyi belgilangan: ular badiiy ijodda irratsionalizm 
tarafdori bo‘lganlar, adabiy-badiiy an’analarga nisbatan nigilistik 
antiestetizm mavqeyini egallaganlar”
28
.
XX asrning 20-yillarida Fransuz she’riyatida 
syurrealizm
(o‘ta re-
alizm) deb ataluvchi oqim vujudga keldi. Sobiq dadaistlar A.Breton, 
L.Aragon, P.Elyuar ushbu guruh tashkilotchilaridan edilar. O‘z 
faoliyatida A.Bergson va Z.Freyd falsafasiga tayangan ushbu oqim 
vakillari real borliqdan yuqoriga ko‘tarilishni targ‘ib qildilar. Sy-
urrealistlar o‘z she’rlarida inson ongidagi o‘y-fikrlar va tasavvur
-
lar oqimini aks ettirishga urindilar va bu borada birmuncha nati-
jalarga erishdilar. 30-yillarga kelib syurrealizm inqirozga yuz tutdi. 
L.Aragon, P.Elyuar singari iqtidorli yozuvchilar ushbu oqim bilan 
aloqani uzdilar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin