O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Modernizm
Postmodernizm
Yangi adabiyot va san’atni yaratish 
da’vosi, an’analarni inkor qilish
An’analarni o‘ziga singdirish va ularga 
kinoyaviy munosabatda bo‘lish 
Olamni xaos deb bilish, undan 
qochish
Xaos deb bilingan olamni qabul qilish, 
uni o‘yin tariqasida o‘zlashtirish
Go‘zallikni reallikdan tashqaridan 
izlash
Go‘zallikni reallikdan izlash 
Antropotsentrik 
gumanizm: 
insonga muhabbat
Universal gumanizm, uning ob’ekti 
jami tirik mavjudot, tabiat, koinot – 
butun OLAM
Madaniyatda yevropotsentrizm, 
yevropa xalqlari madaniyatini 
umumbashariy madaniyat asosi 
deb bilish 
Sharq, Lotin Amerikasi, Afrika, 
Okeaniya xalqlari madaniyatiga kuchli 
qiziqish, barcha madaniyatlarni qimmat 
jihatidan teng bilish
Elitar san’at
Elitar va ommaviy san’at orasida 
chegaraning yo‘qolishi, asarda elita 
va ommaga mo‘ljallangan qatlamlar 
mavjudbo‘lishi – ikkiyoqlama kodlash-
tirish
Semantika, mazmun muhim
Ritorika, mazmunni yetkazish shakli 
muhim
Janrlar, ular orasida aniq chegaralar 
mavjud
Janrlar mutatsiyasi 
Ijodiy jarayonning natijasi –tugal 
asar muhim 
Ijodiy jarayonning o‘zi muhim
Ijodni individual hodisa deb 
bilish, ijodkor faolligini va uning 
mazmunni shakllantiruvchi markaz 
ekanini e’tirof etish 
Ijodda individ rolini inkor qilish, 
“muallif o‘limi”konsepsiyasi
va boshqalar
48
O‘sha manba. B. 22
8–2
29.


273
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, postmodernizmning 
modernizmdan anchagina ildizli farqlari mavjud bo‘lib, ularni bir 
hodisa ostida birlashtirish masala mohiyatini chalkashtirib yubor-
ishga olib keladi. Chunki keyingi ikki asrda insoniyat juda azim 
evrilishlarni boshidan kechirdi, natijada dunyoqarashda, dunyoni 
badiiy estetik va falsafiy idrok etishda misli ko‘rilmagan sur’at va 
ko‘lamlarga duch keldi, kelmoqda. Chunonchi, postmodernizmni 
maydoyga chiqargan ko‘pdan ko‘p omillarning bir nechasiga e’tibor 
beramiz: 
1. Dunyo madaniyatlarining qorishuvi. Bunga elektron axborot 
vositalarida ro‘y bergan tezkorlik, masalan, televidenie va internetni 
asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin. Natijada turfa 
xil madaniyatlar ilgari hech qachon ko‘rilmagan, kuzatilmagan da-
rajada bir-biriga ta’sir qildi, bir-biriga qorishdi. Turmushdagi bu hol 
(eklektiklik) san’at va adabiyotga ham ko‘chib o‘tdi. Turli san’atlar 
o‘zaro bir-biriga “aralashdi”.
2. Ommaviy didsizlashuv. Bunga sabab qilib olimlar badiiy asar 
qimmatini uning qancha ko‘p foyda keltirganligi bilan o‘lchanishini 
ko‘rsatishadi. Natijada badiiy asarga san’at asari deb emas, balki 
tovar o‘laroq qaraldi va shunday “ishlab chiqara” boshlandi. Uslu-
blar, janrlar qorishdi, mutatsiyaga uchradi. Chinakam san’at asari 
bilan ommaviy asar o‘rtasidagi chegara buzildi. Sanat asari dizayn-
lashdi, ya’ni faqat uning tashqi bezagiga e’tibor kuchaydi, sotiladi-
gan tovarga aylantirildi. Bularning hammasi bir bo‘lib esa ommaviy 
didsizlashuvga yo‘l ochdi. 
3. Dunyo holining doimiy o‘zgarib turishini falsafiy, badiiy-
estetik idrok qilish natijasida umidsizlik, ertangi kunga ishonchning 
yo‘qolishi va h.k... Bu va buning kabi boshqa sabablar postmodern
-
izmni paydo bo‘lishiga omil bo‘lib xizmat qilgan.
Realistik san’at olamni tushunish va tushuntirishga uringan me-
tarivoyatlar yaratgan bo‘lsa, postmodernizm ularni bekor sanaydi, 
o‘rniga butun olam haqida emas, balki uning parchalari haqida 
tasavvur beradigan kichik hikoyatlar yaratadi. Chunki faqat parcha
-
largagina ishonish mumkin deb biladi. Mutaxassislarning fikricha, 


274
ayni shu xusus postmodernizmni modernizmdan ajratib turuvchi 
asosiy farqdir. Chunki modernizm ham xuddi realizm kabi dunyoni 
yaxlit ko‘radi, voqelikni badiiy idrok etish mumkin emas deb bilsa-
da, uning yaxlit, butun modelini yaratishga urinadi. Postmodernizm 
esa voqelikni parcha-parcha holida ko‘radi va ifodalaydi. Postmod
-
ernizm uchun ijodning, asarning o‘zi jarayon, maqsaddir. Uningcha, 
badiiy asar tashqaridagi olamni tushuntirib berishga qodir emas, 
shuning uchun ijod jarayonining o‘zi qadriyat. Zero, dunyoni anglab 
bo‘lmaydi, uning o‘zi ma’ni (logos) dan xoli, deb biladi. Postmod
-
ernizm an’anaviy madaniyat negizidagi logotsentrizmni inkor qiladi. 
Bas, shunday ekan, dunyo haqida u yoki bu ma’noga suyangan kon
-
sepsiyani ilgari surayotgan muallifning o‘zi ham qadrini yo‘qotadi. 
Chunki postmodernizmga ko‘ra, muallifni qadrli qilayotgan logos 
(ma’ni) o‘z ahamiyatini yo‘qotgandir. Madomiki, dunyoni ma’no 
yordamida tushintirib bo‘lmas ekan, uni tushuntirmoqchi bo‘lgan 
muallifning ham o‘rni bo‘lmaydi. “Muallif o‘limi” konsepsiyasi 
shunday vujudga kelgan. Dunyoni uzuq-yuluq rivoyatlargina tush-
untirishi mumkin deydi postmodernizm. Darhaqiqat, XVIII asrdan 
e’tiboran insonning dunyoni o‘zgartiruvchilik rolining sekin-asta 
pasayib kelishi va nihoyat, yo‘qolishi adabiyotdagi sub’ekt rolining 
tushib ketishiga olib keldi. Bu esa, “muallif o‘limi”ni paydo qildi. 
Natijada, adabiyotga yakka shaxsning maqsadli yo‘naltirilgan 
yaratuvchilik faoliyati deb emas, balki negizida kollektiv ijod 
mahsuli bo‘lgan “intertekstual o‘yin” deb qarala boshlandi. Avva
-
liga (XX asr ibtidosida) Nitsshe “Xudo o‘ldi” deb jar solgan edi, 
XX ning ikkinchi yarmida esa “muallif o‘limi” e’lon qilindi. Inson 
ham matndan, koddan iborat, uning butun umri davomida aytgan 
har bir fikri, so‘zi, xatti harakati – kod. Hammasini u ajdodlardan 
meros qilib olgan. Uning o‘ziga tegishli hech narsasi yo‘q. Insoni-
yat madaniyati ham butun boshli bir intermatn. Inson tomonidan 
yozilayotgan har qanday asar ham ana shu intermatndan olinadi 
(intertekstuallik)) va bu matn ijokdorning kodlangan sub’ekti, xo
-
los. Demak, muallif ham yo‘q, u o‘lgan (Fuko va Bart tadqiqot
-
lariga qarang) deyishdi.


275
Postmodernizmning bir qancha o‘ziga xos tushunchalari borki, 
ularning mag‘zini chaqib olish ushbu murakkab adabiy oqim mohi-
yatini bir qadar tiniqroq anglashga yordam beradi.
1. Muallif o‘limi. Faqat matn bor, muallif esa asarda “o‘lgan”, 
chunki u yozgan matn uning o‘ziniki emas, umummatndan olingan 
nusxalar, kodlardir, degan qarashni bildiradi. Fransuz adabiyots
-
hunosi R. Bart muallif istilohi o‘rniga 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin