O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156
jaxon adabiyati songisi

fentezi 
janrida ham qorishiq zamon ruhini aks 
ettiruvchi talay asarlar bitildi. Bularning eng mashhurlaridan biri 
Joann Rouling qalamiga mansub “Garri Poter” sikl romanlaridir.
Xulosa shuki, postmodernizm jahon adabiyoti XX asr oxiri va 
XXI asr boshlarida o‘zining eng gullagan davrini boshidan kechirdi, 
kechirmoqda. Shu bilan birga, uchinchi ming yillik adabiyotining 
tug‘ilishiga o‘ziga xos zamin tayyorladi. Zamonaviy jahon adabiyoti 
g‘oyat xilma xil, qorishiq va murakkab hodisaki, u va uning kelajagi 
haqidagi bahsu munozaralar hali-hanuz davom etmoqda. 
O‘zbek adabiyotida postmodern izlanishlar, ayniqsa, nasrda 
bo‘y ko‘rsatayapti. O. Muxtor, X. Do‘stmuhammad, N.Eshonqul, 
R. Rahmat, I. Sulton, M. Karim, U. Hamdam kabi yozuvchilar ijo-
dida postmodernizmning turli ko‘rinishlari uchraydi. Chunonchi, X. 
Do‘stmuhammadning “Jimitxonaga yo‘l” hikoyasi D. Butssatining 
“Yettinchi qavat” hikoyasiga nazira yo‘lida yozilib, G‘arb hikoya
-
sida aks etgan g‘arbona qarash o‘zbek yozuvchisi asarida sharqona 
ruhda qayta ishlanadi. O. Muxtorning qator romanlaridagi tush-
kunlik, parokandalik, tushuniksizlik postmodern kayfiyatni aks et
-
tiradi. M. Karimning “Hech” deb nomlangan qissasi hamma narsa 
va ayni damda, hech narsa haqidadir. X. Do‘stmuhammad, N. Es
-
honqul va I. Sulton kabi yozuvchilar ijodidagi qator asarlarda (“Siz-
if”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Go‘ro‘g‘li”, “Og‘riq muojalasi”, 
“Boqiy darbadar”) jahon adabiyotidagi birmuncha mashhur asarlar 
syujeti, syujet chiziqlari yoki g‘oyasi olinib, qayta ishlanadi. Yana 
bir o‘zbek adabiyoti namunasi “Yolg‘izlik” qissasida esa qahramon 
ruhiyati batamom parchalangan holda tasvir etiladi. U shu holida 


284
ortidan ergashish mumkin bo‘lgan na biron g‘oya, na dardiga ham-
dard bo‘lgulik biron inson topolmay arosatda tentiraydi. Hatto qis
-
saning syujetida butunlik yo‘q, u toshga urilib parchalangan oyna 
bo‘laklariga o‘xshaydi. (Voqealarni ana shu siniqlarda ro‘rishingiz 
mumkin). Najotni hech qayerdan topolmagan qahramon, alaloqi
-
bat, o‘z ruhiy olamiga hisb etiladi. Shunday bo‘lsa-da, asar oxirida 
qahramon o‘tirgan xona eshigi ochiq qoladi. Bu – ramz. Qissaning 
ismsiz qahramoni bugungi tafakkur ahlining o‘ziga xos umum-
lashtiruvchi obrazidek taassurot qoldiradi. Akademik Yuriy Borev 
bugun bashar ahli yangi paradigmaga, ya’ni yo‘lga muhtoj deganini 
yodga olib, bu holni “Yolg‘izlik” qissasi qahramonining so‘ng holi 
bilan qiyos etsak, yuqoridagi ma’no (umumlashtiruvchi obraz) kelib 
chiqadi. Ammo o‘zbek yozuvchisining asarida baribir eshik ochiq 
qoladi. Demak, u Sharq farzandi sifatida umiddan voz kechmagan. 
Bu esa uning postmodernizmnin “oltin qoidalari”ga to‘la tushmayo
-
tganidan dalolat. 
Hozirgi o‘zbek she’riyati kechagi she’riyat emas. U o‘zining 
ko‘pgina, xususan, shakliy-mazmuniy mundarijasiga ko‘ra o‘zgardi. 
Shu bilan birga, ta’kidlash o‘rinliki, bugungi she’riyat kechagi 
she’riyatdan uzilib qolgan alohida hodisa ham emas. Ular o‘rtasida 
vorisiylik, uzviylik hamon davom etib kelmoqda. Bugungi o‘zbek 
she’riyati kechagi o‘zbek she’riyatining eng yaxshi an’analarini 
davom ettirgani holda, jahon adabiyoti buloqlaridan ham suv 
ichayapti. Kecha dunyoga sotsialistik realizm tuynigi orqali qara
-
gan bo‘lsa, bugun uning tafakkuri erkin. Aynan mana shu tafakkur 
erkinligi hozirgi zamon o‘zbek poeziyasini – yangilangan o‘zbek 
she’riyatini vujudga keltirayotgan bosh omildir. Shunga ko‘ra, har 
tomonlama boy she’riyatimizga nazar tashlab, uning bag‘rida barcha 
yashovchan tamoyillarning izini ko‘ra olasiz: realizm, modernizm va 
postmodernizm adabiy oqimlarining turfa yo‘llarida yaratilayotgan 
bugungi o‘zbek she’riyati shoir tafakkurining yagona mafkuraviy 
iskanjadan xoli ekanligidan, boshqacha aytganda, erkinligidan dalo-
lat. Yana, shoirning qaysi yo‘nalishda qalam tebratishi emas, qanday 
iste’dod bilan yozayotganligi hamda azaliy muhoraba – ezgulik va 


285
yovuzlik jangida oldingisining yonida tura bilishining muhimligi to-
bora ko‘proq ayon bo‘lib borayotir. 
Bugun o‘zbek she’riyati ifoda usuliga ko‘ra taxminan quyidagi
-
cha ko‘rinishga ega: 1. An’anaviy. 2. Xalqona. 3. Modern. 4. Aruz. 5. 
Sinkretik. Ammo ta’kidlab aytish joizki, dunyoqarashda asosan ikki 
kuchning musobaqasini kuzatish mumkin. U ham bo‘lsa, an’anaviy 
va modern (shu jumladan, postmodern) oqimlari o‘rtasidagi muso
-
baqa. Aslida, bunday musobaqa hamisha bo‘lgan va u yaqin tarixi
-
mizda “an’ana va novatorlik” deb atalgan. 
2012-yil fevral oylaridan e’tiboran Rossiyaning “Literaturna
-
ya gazeta”sida postmodernizm haqida qizg‘in bahs boshlanib, yil 
davomida har xil qarashlar o‘rtaga tashlandi. Unda bir xil olim-
lar “postmodernizm Rossiyada o‘z o‘rnini topmadi”, desa, boshqa 
birlari “yo‘q, hali bunday deyishga juda erta, jamiyatda xaos bor 
ekan, postmodern bor bo‘laveradi”, degan fikrni ilgari surishdi. 
Xuddi shunga o‘xshash munozara o‘zbek adabiyoti ilmi maydonida 
ham yuz berib turibdi. Bir tomon “modernizm degan unsur nafaqat 
o‘zbek adabiyotiga, balki umuman Sharq adabiyotiga, Sharq tafak-
kur tarziga yot, u Ovrupadan sun’iy ravishda keltirilgan usul” desa, 
boshqa birovlari “u jamiyatning yashash tarzi, kayfiyati”, demoqda. 
Mayli, bahs-munozara o‘z yo‘liga, ammo she’riyatning o‘zgarib-
yangilanib borayotgani fakt. Undan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Keyingi 
20–25 yil mobaynida jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlar zamonaviy 
o‘zbek she’riyati qiyofasini belgilab berayotgani bor gap. “Haqiqiy 
adabiyot, chinakam she’r bu yuksak san’atdir”, degan shior ostida 
ijod qiluvchilar soni ko‘payib bormoqda. Bu ham ma’lum ma’noda 
she’riyatning ziyoli-ijodkorlar, mutaxassislar va torroq qiziquvchi-
lar doirasidagina o‘qilishiga olib keldi. Bugun Tursun Ali, Bahrom 
Ro‘zimuhammad, Aziz Said, Faxriyor, Muhammad G‘affor, Sher
-
murod Subhon, Go‘zal Begim kabi o‘zbek shoirlari (dunyoqarash
-
lari, iste’dodlari va uslublaridagi jiddiy farqlarga qaramay) qaysidir 
ma’noda shu umumiy yo‘nalishlar (modernizm va postmodernizm) 
ning ko‘zga ko‘ringan vakillaridir



286
Postmodernizm dunyoni tushunish va tushuntirishning bir 
yo‘li. Lekin u oxirgi yo‘l degani emas. Insonlar, jamiyatlar bor 
ekan, ularning kayfiyatlari, dunyoqarashlari, orzu intilishlariyu 
ehtiyojlari ham bir joyda to‘xtab qolmaydi. Bas, shunday ekan, 
inson doimo yangi yo‘l qidiradi. U hayot ekan, izlanish ham 
hamisha barhayotdir.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin