313
hikoya va tanqidiy maqolalari bilan ishtirok etadi. 49-yillarning ox
-
irlaridan Ellison “Ko‘rinmas odam” romani ustida ishlay boshladi.
Roman XX asrning 40-yillarida Nyu-York shahrida istiqomat
qiluvchi, ismsiz afroamerikalikning nomidan yozilgan bo‘lib,
tabulangan mavzularga ham to‘xtalib o‘tadi. Asar katta muvaf
-
faqiyat qozondi, hamda muallifga nufuzli Milliy kitob mukofoti
topshirildi.
1955–1958-yillarda Ellison Ovrupada bo‘lib, bir necha muddat
Rimda yashadi. Keyin u Qo‘shma shtatlarga qaytib, Bard shahridagi
kollejda Amerika va rus adabiyotidan dars bera boshladi. 1964-yil
-
dan Rutger va Yel universitetlarida ishladi. 1964-yili uning “Ta’qib
qil va harakat qil” (
Shadow And Act)
, esselar to‘plami chop etildi.
Bu yillarda Ellison tugatishga ulgurmagan “19-iyun”(
Juneteeth)
romani ustida ishladi. Uning yozishicha, roman qo‘lyozmasining
asosiy qismi yozuvchining Massachusets shtati
Pleynfild shahridagi
uyida 1967-yili sodir bo‘lgan yong‘in paytida nobud bo‘lgan.
1985-yili yozuvchining o‘n yettita essedan iborat “Hududga ke
-
tayotib” (
Going to the Territory)
to‘plami nashr ettirildi. To‘plamga
mashhur yozuvchi Uilyam Folkner va yirik afroamerikalik ijodkor
Richard Raytlar ijodi, shuningdek, afroamerikaliklarning AQSh
madaniyatiga qo‘shgan hissasi tadqiq qilingan esselar ham kiritil-
gan. 1970-yili Ellison Fransiyaning san’at va adabiyot Ordeni bilan
taqdirlandi va Nyu-York universiteti o‘qituvchilarining tarkibiga do
-
imiy a’zo qilib tayinlandi.
Ellison 1994-yilning 16-aprelida vafot etdi. O‘limidan keyin un
-
ing chop etilmagan qo‘lyozmalari topildi. 1996-yili “Uyga uchib
ketayotib va boshqa hikoyalar”(
Flying Home: And Other Storie
s)
kitobi, 1999-yili esa adibning professor Jon F.Kallaxan tahriri ostida
368 sahifadan iborat tugallanmagan “19-iyun”(Juneteeth) romani
nashrdan chiqarildi.
Amerikalik yozuvchi
Dostları ilə paylaş: