314
Selinjer 1919-yilning 1-yanvarida Nyu-Yorkda yahudiy oilasida
tavallud
topdi. U 1936-yili Velli-Forj shahridagi harbiy bilim yurtini
tamomladi. 1937-yili Jerom Nyu-York universitetida ma’ruzalar tin
-
gladi. 1939-yilda Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirdi va “Sto
-
ri” jurnalining muharriri U.Bernettning qisqa hikoyalar haqidagi
ma’ruzalarini tingladi.
Selinjer Manxettenda ulg‘aydi va maktabda o‘qib
yurgan yillari
hikoyalar yoza boshladi. Uning ilk asari bo‘lgan “Yoshlar” hikoya-
si Ikkinchi jahon urushidan oldin, 1940-yili “Stori” jurnalida chop
etildi
.
1941-yildan
«The New Yorker» jurnali bilan hamkorlik qila
boshladi va bir nechta hikoyalarini chop ettirdi. Urush boshlanganda
ko‘ngilli bo‘lib frontga ketdi. 1944-yili serjant Selinjer Normandi
-
ya, Ardenna va Xyurtgendagi janglarda qatnashdi. Urushda u harbiy
muxbir Ernest Xeminguey bilan uchrashdi.
Frontda tutgan kundal
-
igiga: “Men kerakli vaqtda kerakli joyda ekanligimni his qilmoqda
-
man, chunki bu yerda butun insoniyatning
kelajagi uchun jang ket-
moqda”, deb yozib qo‘ygan edi.
1948-yilda yozilgan “Bananka – balig‘i yaxshi ovlanmoqda”
hikoyasi uning birinchi jiddiy muvaffaqiyati bo‘ldi.
1940-yillarni ikkinchi yarmida Selinjer Amerika novellistikasin
-
ing eng mohir muallifi sifatida nom qozondi. Birinchi hikoyasi chop
etilgandan o‘n bir yil o‘tgach,
1951-yilning 16-iyulida yozuvchining
“Javdardagi tik jarlik ustida” romani bosmadan chiqdi va juda katta
muvaffaqiyat qozondi, tanqidchilarning e’tiboriga tushdi. Yuqori sinf
o‘quvchilari va talaba yoshlarning bir
necha avlodi asar qahramoni,
voyaga yetayotgan Xolden Kolfildning bolalikdagi orzu-umidlari,
tasavvurlarini birin-ketin yo‘qolib borishini achinib, xayrixohlik bi-
lan kuzatib bordi. Qisqa muddatda kitob 60 million nusxada sotildi
va hozirgi vaqtda ham har yili 250 000 nusxada sotilmoqda.
Selinjer asarlarining aksariyat qahramonlari o‘n
yetti yoshga-
cha bo‘lgan o‘smir yoshlar. Biroq uni “bolalar” yozuvchisi deyish
to‘g‘ri emas. Selinjer o‘z asarlarida (birinchi navbatda “Javdardagi
tik jarlik ustida” romani) o‘smir-qahramonlarning ularni o‘rab tur
-
gan “kattalarning” qabih va shafqatsiz dunyosiga qarama-qarshiligi
315
mavzusini ko‘tarib chiqadi. Yozuvchi adabiyot
vositalari yordamida
intuitiv ravishda 1980–90-yillarda fransuz faylasuflari Jan-Lyuk
Nansi va F.Laku-Labartlar “inkor qiluvchi, rad etuvchi” deb atagan
sub’ektning obrazini yaratdi.
1965-yildan keyin yozuvchi o‘z asarlarini chop ettirmay qo‘ydi
va uzlatda yashay boshladi. O‘zining so‘nggi intervyo‘sin
i 1980-
yili berdi. Hayotining so‘nggi yillarida
u tashqi olam bilan aloqani
uzib, deyarli hech kim bilan muloqat qilmadi. Selinjer 2010-yilning
27-yanvarida 91 yoshda vafot etdi.
Amerika yozuvchisi
Dostları ilə paylaş: