316
Stayronning keyingi yirik romani “Sofining tanlovi” (1979) ham
shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, yahudiylar turlicha munosa
-
bat bildirdilar. Asarda natsizm azoblarini Osvensim konslagerida
boshidan o‘tkazgan polshalik Sofi va yahudiy yigit Natanning sevgi
fojeasi tasvirlanadi. Natan o‘z sevgilisini tirik qolgani uchun ayblay
-
di. 1983-yili roman asosida badiiy film yaratilib, bosh rol ijrochisi
“Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Yozuvchining o‘n yil davomida yozilgan so‘nggi romani
“Jangchining yo‘li”
o‘limidan keyin 2010-yili nashrdan chiqdi.
Stayron 2006-yilning 1-noyabrida 81 yoshida vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: