324
yechgandagi huzurni beradi, o‘quvchilarda yangi adabiy ehtiyo-
jni tug‘diradi va bu ehtiyojni uning o‘zi qondiradi.
“O‘yinning tugashi” hikoyasida ichki qiyofaning o‘yinda,
niqobda tashqi olamda namoyon bo‘lishi ifodalangan. Tashqi olam
kasalmand qizning asl holatini yoqtirmadi va u yashashning yangi
shaklida – o‘yin ichida, niqobda harakatni boshladi. Simvolika, tabi
-
iy psixologizm, oddiy syujetning tig‘iz va murakkab qavatlari asarda
“sehrli” kuch yashirinib yotgandek tasavvur uyg‘otadi.
“Roman ochkolar bo‘yicha yutsa, hikoya nokautlar bilan g‘olib
keladi”
– (R.Arlt) deb hisoblagan, Kortasar novella janrini yuqori
cho‘qqilarga olib chiqdi va
“Xronoplar va famlar” (1962), “Hamma
olovlar – olovdir” (1966), “Bu yerda aylanib yurgan kimsa” (1977),
“Qandaydir Lukas” (1979), “Biz Glendani shunday sevamizki…”
(1980), “Vaqtdan tashqarida” (1982) novellalar to‘plamlarini chop
ettirdi.
1967-yili XX asr ikkinchi yarmi Lotin Amerikasi adabiyotidagina
emas, balki jahon adabiyotidagi eng mashhur asarlardan biri paydo
bo‘ldi. Ana shu mashhur “Yolg‘izlikning yuz yili” romanining mual
-
lifi kolumbiyalik yozuvchi
Dostları ilə paylaş: