Gabriel Garsia Markes(1928–2014)
edi.
Gabriel Markes 1928-yili Kolumbiyaning Arakataka shaharcha
-
sida tug‘ildi. Uning bobosi iste’fodagi polkovnik Nikolos bola hayo
-
tida o‘chmas iz qoldirdi. Bobosi va buvisi ertaklari og‘ushida katta
bo‘lgan Gabriel keyinchalik ular haqida quyidagicha xotirlaydi: “Bo
-
bom va buvim jinlar bilan to‘lib ketgan eski uyda yashar edilar. Ularn-
ing har ikkisi ham irimchi bo‘lib, g‘aroyib tasavvurga ega bo‘lganlar”.
Markesning bolalik kezlari uning ongiga singib ketgan shu va
shunga o‘xshash xotiralar, keyinchalik, uning ijodidagi realistik tas-
vir bilan fantastik unsurlarni birikib ketish tamoyilini belgilab berdi.
1948-yilda Bogotada bo‘lib o‘tgan qonli voqealar Garsiya
Markes huquqshunoslik fakultetida ta’lim oluvchi universitetning
yopilishiga sabab bo‘ldi. U Kartaxenda o‘qishni davom ettirmoqchi
bo‘ladi. Biroq, jurnalistikaga bo‘lgan qiziqish o‘qishni tugallashga
imkon bermadi.
325
Uning dastavval provinsiyada, keyinchalik poytaxtda, so‘ngra
esa Rim, Parij va Karakasda muxbir sifatida faoliyat ko‘rsatishi,
Markesning keyingi badiiy ijodiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Muallifning
o‘zi keyinchalik tan olishicha, uning 1947–1948-yillarda vaqtli mat
-
buotda e’lon qilingan dastlabki hikoyalari, Kafka asarlari ta’sirida
yaratilgan.
Keyinchalik uning “Polkovnikka Hech kim yozmaydi” (1958),
“Katta onaning o‘limi”(1962) singari asarlari nashr yuzini ko‘rdi.
Ular Markesning 1972-yili Romulo Galegos mukofotiga sazovor
bo‘lgan eng mashhur asari “Yolg‘izlikning yuz yili”ning yaratili-
shi uchun muhim bosqich vazifasini o‘tadi. Ushbu roman XX as
-
rgacha bo‘lgan adabiy merosning ko‘plab usullari, G‘arbu Sharq
an’analarini o‘zida mujassam etgan. Asar yolg‘izlik – zavolga gir
-
iftor bo‘lgan bir oilaning fojiali taqdiri orqali insoniyat tarixining
yuz yilida sodir bo‘lgan manzaralarni aks ettiradi.
Xose Arkadio Buendia va uning umr yo‘ldoshi Ursula Iguaran asos
solgan Makondo shaharchasi nafaqat bu yerda sodir bo‘ladigan vo-
qealarning foni, balki Ikkinchi jahon urushidan keyingi Lotin Ameri
-
kasi tarixining umumlashgan va tipik tasviridir. “Yolg‘izlikning yuz
yili”da sehrli ertak, afsona, naql unsurlari ob’ektiv tarixiy hikoya
bilan shu qadar uyg‘unlashib ketganki, ba’zan real voqeani fantas-
tik hodisadan ajratib olish qiyinchilik tug‘diradi, umuman, ularni
ajratishning keragi ham yo‘q, go‘yo. Ushbu unsurlar asarda teng
holda bo‘lib, Rablega xos giperbola realistik lavhalar bilan birikib
ketgan. Romanda yolg‘izlik kishining ma’naviy jihatdan qash-
shoqlashuvi, atrof olamdan uzilib qolishigina emas, odamning
o‘ziga-o‘zi begonalashuvi sifatida ham talqin qilinadi. Asar azaliy
an’analar, ona-bolalik, qarindosh-urug‘chilik, og‘a-inilik munosa-
batlari hamda muqaddas diniy aqidalarning yemirilishi oqibatida
paydo bo‘luvchi ommaviy loqaydlik va yolg‘izlik nazarda tutilgan.
“Yolg‘izlikning yuz yili”dan so‘ng Markes bolalar uchun bir qa-
ncha hikoyalar to‘plami hamda “Mening baxtli va taniqli bo‘lmagan
davrim haqida” deb ataluvchi avtobiografik reportajlar turkumini
nashrdan chiqardi. 1975-yilda yozuvchining ko‘pdan buyon amalga
326
oshirishni istagan rejasi “Patriarxning kuzi” romani orqali ro‘yobga
chiqdi. Lotin Amerikasi xalqlari uchun dolzarb bo‘lgan mavzu –
diktatorlar mavzusidagi ushbu asarda yozuvchining uslub borasida-
gi izlanishlari ko‘zga tashlanadi. Asarning tili “Yolg‘izlikning yuz
yili”ga nisbatan ancha murakkabdir.
Romanning qisqacha mazmuni quyidagicha: Diktator Nikonor
Alvarado shu qadar cheksiz hokimiyatga ega bo‘lganki, uning uc
-
hun endi boshqarishning keragi ham yo‘q. U ta’rifsiz qudratga ega
ekanligidan kar bo‘lib qolgan. Uning sayroqi qushlar saqlanuvchi
qafaslar to‘la saroyida sigirlar ham bemalol yuraveradi. Diktator 16
yoshli go‘zal qizga oshiq bo‘lib qoladi. Ushbu muhabbat uni shu
qadar umidsizlikka tushiradiki, natijada, bir tunning o‘zida uch min-
gta siyosiy mahbusni qatl ettirishni buyuradi. Asar voqealari hikoya
qilinayotgan paytda diktator 123 yoshga to‘lgan edi. U necha yildan
buyon hokimiyat tepasida ekanligini ham eslay olmaydi. Eshitish
qobiliyatini yo‘q bo‘lganligini ham sezmaydi, uning uchun kanar-
eykalar sayramay qo‘ygandek tuyuladi. U butunlay eshitish qobili-
yatidan mahrum bo‘lganda hayotidagi ulug‘ orzusi ro‘yobga chiqa-
di: dengizdan 500 chaqirim uzoqda yashashiga qaramay, kecha-yu
kunduz dengiz shovqinini eshita boshlaydi. Diktator bir necha ma-
rotaba qayta tirilishlardan so‘ng 200 yosh atrofida vafot etadi. U yo
-
shligida Xristofor Kolumb bilan suhbatlashgan bo‘lsa, keksayganda
AQSh elchilari bilan muloqotda bo‘ladi; tushlik paytida favoritlar
-
idan birini yeb qo‘yadi. Muqaddam muttaham va fohisha bo‘lgan
onasining xotirasini abadiylashtirmoqchi, ya’ni avliyolar qatoriga
qo‘shmoqchi bo‘ladi.
Markesning 1981-yilda yozilgan “Oshkora qotillik qissasi” qisqa,
aniq va deyarli bayonnoma ruhidagi nasrning namunasi sanaladi.
Qissa syujeti asosida Kolumbiyaning Sukre shaharchasida haqiqa-
tda bo‘lib o‘tgan voqea yotsa-da, unda sodir etilgan qotillikka nis-
batan shaharcha ahlining munosabatida insoniyatning bir-biriga nis-
batan loqaydligi, e’tiborsizligi ularni katta falokatlarga giriftor etishi
mumkinligi haqidagi g‘oya ifodalangan.
Umuman, Gabriel Garsia Markes ijodi XX-XXI asr jahon adabi
-
327
yotining yorqin sahifalaridan biri bo‘lib, u adabiy jarayonga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk yozuvchi
2014-yilning 17-aprelida
88 yoshda Mexikoda vafot etdi.
Zamonaviy Lotin amerikasi adabiyotining taniqli ijodkorlaridan
biri braziliyalik yozuvchi va shoir
Dostları ilə paylaş: |