Paolo Koeo (1947-yili tug‘ilgan)
sanaladi. U poytaxt Rio-de-Janeyro shahrida tug‘ilgan. Jami yigir
-
madan ortiq kitoblar – romanlar, antologiyalar, hikoyalar to‘plamlari
muallifi. “Alkimyogar” romani uzoq vaqt eng ko‘p o‘qiladigan kito
-
blar o‘nligida bo‘ldi. Dunyo tillarida chop etilgan asarlarining adadi
300 milliondan oshib ketgan.
Bo‘lajak yozuvchi yetti yoshida Avliyo Ignatiy Loyola iezuit
maktabiga o‘qishga yuborildi, bu yerda u ilk marta hikoyalar yozish-
ni boshladi. Maktabni tugatgach, Rio-de-Janeyro universitetining
huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi, lekin tez orada o‘qishni
tashlab, jurnalistika bilan shug‘ullana boshladi.
1970-yili Meksika, Peru, Boliviya, Chili, Ovrupa mamlakatlari
va Shimoliy Afrikaga sayohat qildi.
P.Koeloning nomini butun dunyoga mashhur qilgan, 1990-yilda
nashr etilgan “Alkimyogar” romani hozirgacha dunyoning 120 dan
ziyod
mamlakatida chop etildi (jumladan, o‘zbek tilida asarning
uchta tarjimasi mavjud). Romanda insonning umri mobaynida amal
-
ga oshiradigan ishlari nimalardan iborat, o‘z taqdiri yo‘lidan borib,
ko‘nglidagi orzu-umidlarni amalga oshirish uchun nima zarur degan
falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy masalalar haqida fikr yuritila
-
di. Bosh qahramoni 16–17 yoshlardagi cho‘pon yigit bo‘lgan ushbu
asarda realizm, sarguzasht, mistika, detektiv va didaktika an’analari
uyg‘unlashib ketgan.
Hozirda P.Koelo Braziliyaning Rio-de-Janeyro va Fransiyaning
Tarbe shahrida istiqomat qiladi.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. XX asr AQSh adabiyotida ijod qilgan yozuvchilarni sanab o‘ting.
2. Teodor Drayzer ijodida asosan qanday muammolar
ko‘tarilgan?
328
3. «Yo‘qotilgan avlod» mavzusi deganda nimani tushunasiz?
4. E.Xemingueyning «Chol va dengiz» asarining asosiy g‘oyasi
nimadan iborat?
5. XX asrning so‘nggi choragi AQSh adabiyotida shaxs va
jamiyat muammolari.
6. XX asrning ikkinchi yarmida Lotin Amerikasi adabiyotida
ro‘y bergan “portlash effekti” ning ijtimoiy-siyosiy asoslari.
7. Pablo Neruda she’riyatining o‘ziga xosliklari.
8.
Gabriel Markes ijodida “maftunkor realizm”ning namoyon
bo‘lishi.
Adabiyotlar:
1.
Highlights of American Literature. Dean Curry 1988 Wash
-
ington USIA P.288
2.
Introduction to Latin American literature . Jack Child.1994.
UPA
3. Андреева Л. История зарубежной литературы XX
века.
1917–1945гг. – М.: Высший школа, 1980.
4. Елизарова М., Михальская Н. Курс лекций по истории
зарубежной литературе. – М.: Высший школа, 1965.
5. История зарубежной литературы XX
века. 1917–1945гг.
– М.: Просвещение, 1984.
6. Қосимов А., Хўжаев С. XX аср чет эл адабиёти. Ўқув
қўлланма. – Фарғона: 2003.
|