34
vur qilinishiga olib keladi. Olimp tog‘i ma’budlari qadimgi odam
-
lar tasavvurida ana shunday paydo bo‘lgan. Paydo bo‘lib, olamni
o‘zaro bo‘lib olishgan:
1. Zevs – ma’budlar ma’budi. Chaqmoq va bulutlar sultoni.
2. Poseydon – dengizlar hukmroni.
3. Aid – oxirat hoqoni.
(Bu uch ma’bud aka-uka bo‘lib, oliy darajali ma’budlar hisobla
-
nadi).
4. Hera – Zevsning rafiqasi: ma’budlar malikasi, osmon
ma’budasi, homilador xotinlar, kelin-kuyovlar rahnamosi.
5. Hefest – otash ma’budi, temirchilar piri (Heraning to‘ng‘ich
o‘g‘li).
6. Ares – qonli urushlar ma’budi (Heraning ikkinchi o‘g‘li).
7. Apollon – yorug‘lik, san’at, poeziya va musiqa ma’budi.
8. Artemida – qamar ma’budasi, o‘rmonlar va o‘rmonlarda
yashovchi jonivorlar malikasi.
9. Afina – shaharlar homiysi.
10. Afrodita – go‘zallik ma’budasi (Olimp sultonining zebo
qizi).
11. Quyosh ma’budi (Gelios),
12. Hermes – ma’budlar jarchisi.
Bulardan tashqari, Latona (Zulmat ma’budi), Uran (Osmon),
Erot (sevgi va go‘zallik ma’budi, Afroditaning o‘g‘li) kabi yana
boshqa ma’budlar ham bor. Ular Olimp tog‘i cho‘qqisida joylashgan
muhtasham qasr-qal’alarda viqor va go‘zallik ichra abadiy yashay-
dilar. Ma’budlarni odam qiyofasida tasavvur etish mif voqealariyu
qahramonlarini hayotga yaqinlashtirdi, o‘lim sharbatini totguvchi
oddiy odamlarga xos bo‘lgan bir talay ojizliklar bilan “siyladi”.
Dostları ilə paylaş: