8
Shumer tamadduni hozirgi Iroq territoriyasida joylashgan ikki
daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Bu daryolarning nomi Dajla (Tigr)
va Frot (Yefrat) dir. Lekin olimlarni “shunday katta tamaddunni
barpo etgan xalk, shaharlar qayerga g‘oyib bo‘ldi?” degan savol
o‘ylatib keladi. Chindanam, ular qayerga ketishgan? Undan ham
qizig‘i, shumerlar qayerdan kelishgan? Ular kim o‘zi?.. Yuqorida
nomlari zikr etilgan tadqiqotlar bashar ahlining tarix haqidagi qa-
rashlariga jiddiy tahrirlar kiritadi, uni o‘ylashga, fikr yuritishga
chorlaydi. Ulardan kelib chiqadigan xulosalardan asosiysi shuki,
dunyo tamaddun o‘choqlaridan biri, balki eng qadimiysi bo‘lmish
shumerlar madaniyati hamda shumerlarning qadim ajdodlari turkiy
qavmlardir. Ayniqsa, Toir Eftining “Shumerlar va etruslar – insoni
-
yat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar” nomli tadqiqotida
bugun Markaziy Osiyoda yashayotgan o‘zbeklar, qozoqlar, turk-
manlar, qirg‘izlar, Kavkazdagi ozarbayjonlar, Turkiyadagi turklar
va boshqa turkiy qavmlar bilan shumerlarning ildizi bir ekanligi
to‘g‘risidagi fikr har tomonlama himoya qilinadi. Buning qay da
-
rajada haqiqat ekanligini hali yangidan yangi ilmiy tekshirishlar
aytib beradi, lekin nima bo‘lganda ham shumerlar madaniyatining
borligi va u hozirgacha topilgan madaniyatlar ichida eng qadimiysi
ekanligining o‘ziyoq uning barcha madaniyatlarning sarchashmasi
mavqeyiga olib chiqadi.
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasida
-
sida shunday satrlar bor:
Dostları ilə paylaş: