49
ing yirik shoiri Esxil o‘z tragediyalarida ijtimoiy va axloqiy masa-
lalarni qalamga olgan bo‘lsa, Sofokl erkin inson timsolini yaratdi.
Komediya an’anaviy shakllarni saqlagani holda, yangi ijtimoiy-sat-
irik mazmun bilan boyidi, taraqqiy etdi. Bu davrda Aristofan asarlari
yunon siyosiy va madaniy hayotida o‘tkir satira sifatida maydonga
chiqdi. Individuallashgan personajlar bilan bir qatorda umumlashma
hajviy obrazlar paydo bo‘ldi. Miloddan oldingi II asrda Rim istilosi
natijasida Yunoniston madaniy hayoti tushkunlikka yuz tutib, faqa-
tgina milodning birinchi asriga kelib, jonlanish paydo bo‘ldi va IV
asrda qadimgi yunon adabiyoti inqirozga uchradi.
Dostları ilə paylaş: