55
lar saqlanib qolgan bo‘lib, ahamiyatli jihati shundaki, ularda Homer
dostonlarida uchramaydigan, lekin keyingi davrlarda xor lirikasi va
tragediyalarda keng foydalanilgan miflar keltirilgan.
M.o. VI asrda didaktik epos negizida falsafiy doston janri shak
-
llandi va Hesiodning “Teogoniya” asari an’analari shoir-faylasuflar
Ksenofan(tax. m.o. 565 – 470 y.), Parmenid(m.o. VI asr oxiri – V asr
boshlari), Empedokl(tax. 495 – 435 y.) tomonidan davom ettirildi.
Antik davr tanqidchiligi Hesiod bayon uslubiga xos quruqlikni
inkor etmagan holda dostonlarning tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak
baho berganlar. Tarixchi Gerodot (m.av. V asr) ikki daho shoir – He
-
siod va Homer ellinlarga ma’bud va ma’budalarning kelib chiqish
tarixini bayon qilish bilan birga ularning ismlariga epitetlar bilan
ta’rif berganini ta’kidlagan edi.
Dostları ilə paylaş: