68
id kulgu ostiga olingan “Ayollar Fesmoriy bayramida”(411) va yana
yevripid tanqid qilingan “Qurbaqalar”(405) komediyalari yozilgan.
v) Uchinchi davr(392–388 yy.)da asosan maishiy, utopik ide
-
allar ulug‘langan komediyalar yozilgan, ularda dialoglar xordan
ustunlik qiladi. “Ayollar xalq yig‘inida”(392), “Boylik”( “Plutos”)
(388) komediyalari shunday asarlar sirasiga kiradi.
Aristofanning ijodi asosan uzoq davom etgan urushlar davriga,
buning natijasida Afina demokratik davlatining to‘xtovsiz yemirilib,
inqrozga uchray boshlagan paytiga to‘g‘ri kelgan. Bu paytdagi siy
-
osiy, iqtisodiy va ijtimoiy ziddiyotlar, ma’naviy, aholoqiy, falsafiy
muammolarning keskinlashuvi shoir ijodida o‘zining yorqin ifo-
dasini topgan. Uning asarlaridagi ajoyib dramatik holatlar, qahra
-
monlar qiyofasini tavsiflash mahorati, komediyalariga sochib yubo
-
rilgan hazil-mutoyibalar, favqulotda pichinglar, ohori to‘kilmagan
qochiriqlar, beqiyos so‘z o‘yinlari, shuningdek barcha asarlariga
xos sodda, tiniq, o‘ynoqi va muxtasar til, rohatbaxsh lirik parchalar
– Aristofanning yuksak mahoratidan darak beradi. Rus tanqidchisi
V.G.Belinskiyning ta’kidlashicha, Aristofan – eng olijanob, g‘oyat
musaffo va qadimgi Yunonistonning eng so‘nggi ulug‘ shoiri bo‘lgan.
1954-yili Jahon Tinchlik Kengashining qaroriga binoan Aristo
-
fanning 2400-yilligi nishonlandi.
Umuminsoniy badiiy merosning ajralmas qismi bo‘lgan antik
adabiyot, xususan qadimgi yunon adabiyotida tilga olingan ko‘plab
mavzu va muammolar XXI asrda ham dolzarb bo‘lib, o‘z ahami
-
yatini yo‘qotmagan.
Dostları ilə paylaş: