O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Ichki urushlar davrida Rim adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Ichki urushlar davrida Rim adabiyoti
 
Eramizdan oldingi II asrning o‘rtalaridan boshlab, Rim jamiyat-
ida keskin sinfiy ziddiyatlar paydo bo‘la boshlaydi.
Uzluksiz urushlar vaqtida qo‘lga kiritilgan behisob qullarni 
shafqatsiz ekspluatatsiya qilish natijasida quldorlar bilan qul
-
lar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni tobora kuchaytirib, nihoyat, 
Rim imperiyasining turli yerlarida, jumladan Sitsiliya, Kichik 


76
Osiyo va boshqa viloyatlarda dahshatli qullar qo‘zg‘olonining 
ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Spartak rahbarligida boshlanib, so‘ngra 
Italiya tuprog‘ining hamma yerlariga yoyilgan va to‘rt yil (74–71) 
davomida butun Rim davlatini zilzilaga keltirgan qullar isyoni bu 
qo‘zg‘olonlarning eng yirigi edi.
60 yilda davrning yirik sarkardalari Pompey, Yuliy Sezar hamda 
Krass o‘rtalarida birinchi uchlik ittifoqi-triumvirat tuziladi. Ora-
dan ko‘p vaqt o‘tmay, yakka hukmronlikka intilgan Pompey bilan 
Sezar o‘rtalarida yangi grajdan urushi boshlanib, raqibi ustidan 
g‘alaba qozongan Sezar ulug‘ davlatning yagona hokimi darajasiga 
ko‘tariladi. Biroq Sezarning tantanasi faqatgina besh yil (49–44) 
davom etadi. Respublikachilar til biriktirib, uni o‘ldiradailar.
Sezarning eng yaqin sarkardasi Antoniy bilan asrandi o‘g‘li Ok
-
tavian o‘rtalarida uning o‘rnini egallash uchun keskin kurash bosh-
lanadi. Qariyb o‘n yil davom etgan yangi grajdan urushi, nihoyat, 
eramizdan oldingi 31 yilda Oktavianning g‘alabasi bilan tugaydi.
Rimda respublika tuzumining yemirilishiga va imperatorlik idora 
usulining barpo etilishiga sabab bo‘lgan yuz yillik ijtimoiy kurash
-
ning muhim voqealari shulardan iborat. Keskin sinfiy kurashlar fal
-
safada, adabiyotda va, nihoyat, notiqlik san’atida o‘zining yorqin 
ifodasini topadi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin