O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   156
jaxon adabiyati songisi

G‘arbiy Ovrupa qahramonlik eposi
 
Eposning dastlabki namunalari zamonaviy Britaniya hududida 
yashagan kelt qabilalari tomonidan yaratilgan

V asr boshlarida kelt 
(irland) qabilalari Rim imperiyasining zaiflashganidan foydalanib, 
mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Ilk o‘rta asrlarda kelt qabilalari hayoti 
haqidagi xalq she’riyati negizida qahramonlik eposi shakllandi. Ep
-
oslarni 
kuylovchilar 2 guruhga – lirik she’riyatni kuylovchi bardlar 
va epik she’riyat bilan shug‘ullanuvchi filidlarga bo‘lingan. Filidlar 
o‘z qissalarini nasrda bayon qilganlar, keyinroq ular “saga”(qissa) 
nomini olgan. Sagalarning ta’sir kuchini yanada oshirish uchun fi
-
lidlar she’riy parchalar kiritganlar. 
Kelt eposining qahramonlik qissalari ulad qiroli Konxobar va 
uning jiyani Kuxulinning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Bizga
-
cha ushbu qissalarning bir nechtasi yetib kelgan bo‘lib, “Usnex 
o‘g‘illarining quvilishi”, “Mak-Dato cho‘chqasi haqida qissa”, 
“Kualngendan buqa o‘g‘irlash”, “Kuxulinning Ferdiad bilan jangi”, 
“Kuxulinning xastaligi”, “Kuxulinning o‘limi” shular jumlasidan.
Qahramonlik eposi bilan bir qatorda maishiy, sarguzasht, fantas
-
tik mavzularda ham qissalar yaratildi: “Beyli haqida qissa”, “Eta
-
ynga muhabbat”, “Febelning o‘g‘li Branning suzishi”.
Qadimgi kelt(irland) eposi G‘arb adabiyotiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatdi, undagi syujet, obrazlardan keyingi davr adiblari unumli 
foydalandilar. 
Ingliz o‘rta asrlar adabiyoti.
Hozirgi inglizlarning ajdodlari V 
asrda mamlakatga Ovrupa dan ko‘chib o‘tgan anglo-sakslar bo‘lib, 
qadimgi adabiy yodgorliklar Britan orollarini normannlar tomoni
-
dan zabt etilishiga qadar (1066-yil) bo‘lgan muddatda yaratiladi. In
-
gliz tilidagi adabiyotlar (ingliz adabiyoti degan tushunchaning o‘zi 
ham), asosan, anglosakslar nasroniylik dinini qabul qilganlaridan 


93
keyin paydo bo‘ldi. O‘sha paytlarda rohiblar xalq ichida yurib qah
-
ramonlik doston (poema)larini yozib olganlar (ular ichida eng mash
-
huri VII asrda qog‘ozga tushgan “Beovulf” asaridir). Qahramonlik 
dostonlaridan tashqari, ilk o‘rta asrlarda adabiyotning boshqa janr-
larida ham asarlar (diniy risola va traktatlar, ritsarlikning she’rlari, 
solnomalar) yaratila boshlandi.
XI-XII asrlarda Angliya hududini hozirgi fransuzlarning ajdod
-
lari hisoblanmish normannlar bosib oldi. Begona til va madaniyat
-
ning suqilib kirishi tufayli yuz bergan murakkab vaziyatlar oqibatida 
bu davrda ingliz adabiyoti uch tilda yaratila boshlandi: diniy adabi
-
yotlar – lotin tilida, qadimiy solnomalar, rivoyatlar, qadim o‘tmish 
voqealari – ingliz tilida, she’r va dostonlar – fransuz tilida (ularning 
ko‘pchilik qismi bizgacha yetib kelgan). Angliya hududi normannlar 
istibdodidan qutilganidan so‘ng mamlakatda yagona milliy til – in
-
gliz tili vujudga keldi (XIV asr).

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin