O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Shahar adabiyoti
O‘rta asr shaharlarida ishlab chiqarishning o‘sishi hunarmand-
chilikning rivojlanishiga olib keldi. XII asrdan boshlab savdo-sotiq 


99
va hunarmandchilik markazi sifatida shaharlarning mavqeyi osha 
boshladi. Shaharlarning rivojlanishi barobarida feodal aloqalarga 
qarshi bo‘lgan burjua sinfi shakllandi. Borliqqa nisbatan ideal qa
-
rashda bo‘lgan ritsarlik she’riyatidan farqli ravishda shahar adabiy-
oti hushyor, hozirjavob va real hayotga yaqinligi bilan ajralib turadi. 
Shahar adabiyoti ritsar adabiyotidagi janrlarni aynan o‘zicha qabul 
qilmasdan, ularni qayta ishlaydi va faqat shaklini o‘zgartirish bilan 
kifoyalanmasdan, uslubiga ham qator o‘zgarishlar kiritadi. Ritsar 
poeziyasidagi o‘ta nafislik va san’atpardozlik xalqchil va real tasvir
-
lar bilan almashinadi. 
Go‘zal xonim uchun har qanday sarguzashtlardan qaytmaydigan 
va o‘z nayzasini sindirishga ham tayyor turadigan ritsar o‘rnini endi 
aql-idrokli, epchil va mehnatni qadrlaydigan qahramonlar egallay 
boshlaydi. Bu yangi qahramonlar zehni o‘tkir va chaqqon dehqon, 
xushchaqchaq jonglyor, hiylakor xizmatchi va boshqalar bo‘lib, ular 
e’tiborli guruhdan chiqqanligi bilan gerdayadigan hukmron tabaqa 
vakillari, xususan, ochko‘z va firibgar cherkov knyazlari va monax
-
lar ustidan kuladilar. 
Shahar adabiyotida yangi janrlar paydo bo‘ldi. Ana shunday 
janrdan biri fablio hisoblanadi. Fablio kichik she’riy hikoya bo‘lib, 
uning asosiy maqsadi tinglovchilarni kuldirib, ko‘nglini ko‘tarishdan 
iborat bo‘lgan. Fablioning stili (uslub) mukammal bo‘lmagan, ak
-
sariyat hollarda ularning qofiyasi sodda edi. Hikoyalarda hayot
-
dan olingan qiziqarli voqealar, latifalar bayon qilingan. Fablioning 
markazida chaqqon, abjir, aqlli qahramon turadi. Keyinchalik alo-
hida fabliolar bunday qahramon atrofida birlashtirilib, yaxlit holatga 
keltirilgan va shu tarzda roman paydo bo‘lgan. Turli e’tirozlarni 
bir qahramon atrofiga jipslashtirish natijasida o‘rta asrlarning eng 
mashhur asari “Tulki haqida roman” paydo bo‘lgan. 
Fablio ma’lum darajada keyingi davr Ovrupa adabiyotiga ta’sir 
ko‘rsatdi. Molyerning “Zo‘raki tabib” komediyasida, Lafontenning 
“Ertaklari”da fablio syujeti, uslubi ko‘rinadi. Germaniyada fablion
-
ing ta’siri ostida zamonaviy hajviy ruhdagi realistik 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin