O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Nemis romantizmi
Germaniyada qo‘shni Fransiyada bo‘layotgan voqealarni zo‘r 
qiziqish bilan kuzatib bordilar. Germaniyaning ilg‘or vakillari 
ularning(o‘zlarining) qoloq, o‘nlab mustaqil knyazliklarga bo‘lingan 
mamlakatida inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lmasligiga ko‘zlari yetdi. 
Shuning uchun ular ma’naviy sohada inqilob qilishga harakat qil-
dilar.
Nemis romantiklari idealist Fixtening «O‘z diqqat-etiboringni 
seni o‘rab turgan atrof-olamga emas, balki o‘zingga qarat», – degan 
falsafiy qarashlarini yoqlab chiqdilar. 
Inson o‘z xohish, intilish va harakatlari tufayli yanada yaxshiroq 
bo‘lishi mumkin va kerak. Bunda unga yordam berish kerak. Nemis 
romantiklarining asosiy vazifa va maqsadi ana shundan iborat edi.


166
Nemis romantizmi tarixini 3 ta davrga bo‘lish mumkin:
1) 1795–1805-yillar – Yen romantiklari F.Shlegel, Novalis, 
Tiklar davri;
2) 1806–1815-yillar – Geydelberg romantiklari K.Breyntano, 
A.Arnimlar nemis folklorini yig‘ishga katta e’tibor berdi. Bu vaqtda 
aka-uka Grimmlar ham ana shular to‘garagida edi.
3) 1815–1848-yillar – Napaleon inqirozidan so‘ng roman
-
tiklarning harakat markazi Berlingga ko‘chdi.
Bu yerda Gofman, Shamisso, Hyeyne (ilk ijodi) va Byuxerlar 
ijod qildi.
Nemis romantiklarining katta ishlaridan biri – xalq og‘zaki ijodi
-
ni o‘rganishlari bo‘ldi. Yakob (1785–1863) va Vilgelm (1786–1859) 
Grimmlar folklorning estetik qimmatini yuksak qadrlaganlardan 
edi: Ularning tarix, til tarixi, huquq va mifologiya bo‘yicha bir qan
-
cha ilmiy maqolalari mavjud. Ammo ularga xalqdan yozib olingan 
3 tomli va 200 ta ertakdan iborat «Bolalar va xonadon ertaklari» 
(1812–1822) katta shuhrat keltirdi. Ular ertaklarni butun Germaniya 
bo‘ylab yurib turli toifa odamlardan yozib oladilar. 
Ertaklarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: sehrli, hayvonlar haqidagi 
(Bo‘ri va yetti echkicha», «Bremen muzikantlari») va maishiy er
-
taklar.
Barcha ertaklarda mehnatni sevuvchi, dono, sabr-toqatli qahra
-
monlar doimo g‘alaba qozonadilar.
A.S.Pushkin «Oltin baliq va baliqcha haqida»gi ertagida «Kam
-
bala baliq haqidagi ertak» epizodidan foydalangan.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin