O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Angliya romantizm adabiyoti
XVIII asr oxirlaridan 1830-yillargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga 
oladi. Ilk romantik ijodkor Uilyam Bleyk (1757–1827) sanaladi. 
Angliya romantizmining birinchi davri “Ko‘l maktabi” shoirlari 
U.Vordsvort, S.T.Kolridj va R.Sauti nomlari bilan bog‘liqdir. Ular 
shahar muhitidan yiroqda Kezik ko‘li yaqinida istiqomat qilganlari 
bois “leykistlar” yoki “ko‘l maktabi” vakillari deb ataladi. Bu davr 
adabiyotida tabiat manzaralari fantastika, oddiy kishilar hayoti tas-
viri asosiy o‘rin egallaydi. She’r va poemalari bilan adabiyotga kirib 
kelgan, 1810-yillardan keyin “tarixiy romanlar otasi” sifatida nom 
qozongan V.Skott faoliyatini boshlanishi ham shu davrga to‘g‘ri ke
-
ladi. Ikkinchi davr Bayron va Shellining ijodga kirib kelishi bilan 
belgilanadi. Jamiyatda shakllangan tartiblarni qabul qila olmaslik, 
olamni satirik bo‘yoqlarda tasvirlash, siyosiy lirikaning shakllanishi 
shu davrga xos xususiyatlar edi. 
Angliya romantizmida “Darbadar melmot” falsafiy romani mual
-
lifi Charlz Metyurin (1870–1824) ijodi ham muhim o‘rin tutadi.
iya
Ingliz romantizmida otashin va hassos shoir 
Jorj Gordon Noel 
Bayron (1788–1824) 
ijodi muhim o‘rin tutadi.
 U 
1788-yil 22-yan
-
varda Londonda tug‘ildi. Uning otasi Angliya aristokratiyasining 


176
kambag‘allashib qolgan tabaqasiga, onasi esa shotlandiyalik boy 
dvoryan oilasiga mansub edi.
Otasi 1791-yilda Fransiyada vafot etadi. Bayronning bolaligi 
Shotlandiyada – onasi yonida o‘tadi. Bo‘lg‘usi shoir dunyoqarashin
-
ing shakllanishida Shotlandiya tabiatiga bo‘lgan chuqur muhabbat 
alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Bayron o‘n yoshga to‘lganda unga lordlik unvoni meros sifatida 
qoladi. Bayron jahon tarixining, Angliya hayotining shiddatli davri
-
da yashadi, ijod qildi. U fransuz burjua inqilobi va xalq harakatining 
guvohi bo‘ldi. Bu inqlobning maqsadi sanoat to‘ntarishiga, Angliya 
ijtimoiy hayotini o‘zgartirishga qaratilgan edi. 
Bayron bolaligidan siyosat bilan qiziqdi. U maktabda o‘qib 
yurgan paytlaridanoq notiqlik san’ati bilan tanishdi. Shu bilan 
birga o‘qigan kitoblarining asosiy qismini tarixiy asarlar tashkil 
etar edi. Bayron Volter, Russo, Lokk, Gibbon asarlarini ham se
-
vib o‘qidi. 
1807-yilning yozida nashr etilgan birinchi she’riy to‘plami 
«Farog‘at damlari»da yoshlik orzu-xayollari, ishqu muhabbat, hayo
-
tning quvonchu tashvishlari haqidagi she’rlardan iborat edi.
Bayron 1809–1811-yillarda chet el sayohatiga chiqadi. Bu sayo
-
hat yosh shoirning hayot voqeligini keng, atroflicha tushinishida 
katta yordam beradi. U sayohati davomida Napaleon intervensiya
-
siga qarshi qaqshatqich zarba bergan ispan partizanlari harakatining 
guvohi bo‘ldi. U Gretsiyadagi milliy ozodlik qo‘zg‘alonining gu
-
vohi bo‘ldi. U hatto Villington qumondonligidagi Britaniya armi
-
yasida Napaleon qo‘shinlariga qarshi kurashda qatnashdi. Shu bilan 
birga Maltada – O‘rta dengiz harbiy bazasidagi harakatlarini ko‘rib, 
Buyuk Britaniya reaksion hukumatining tashqi siyosatini qoraladi. 
Bayron bu davrda turk, yangi grek, alban va italyan tillarini hamda 
xalq og‘zaki ijodini o‘rgandi. 1816-yilda arman tilini o‘rganishga 
kirishdi. 
Bayron sayohatlarining mevasi sifatida 1812-yilda «Chayld 
Gorold» dostoni yaratiladi. Bu asar Bayron shuhratini Angliya va 


177
uning tashqarisiga yoydi. Bu asarning ilk qo‘shiqlarida Bayron 
she’riyatidagi demokratik ruhiyat ko‘zga tashlanadi.
Bayron o‘z ona yurtiga qaytganida Angliyada ishchilarning stixi
-
yali norozilik to‘lqinlari ko‘tarilgan, ozodlik harakatlari kuchay-
gan edi. Ammo reaksiya bu harakatni ayovsizlik bilan bostiradi. 
1799–1800-yillarda ishchilar harakatiga qarshi qonunlar qabul 
qilinishi natijasida bu harakat 25 yil davomida yashirin faoliyat olib 
borishga majbur bo‘ldi.
Bayron Lordlar palatalarida bir necha marotaba nutq so‘zladi. U 
o‘z nutqlarida luddachilik harakati deb nom olgan ishchilar haraka-
tini yoqlab chiqadi. 
Bayronning 1814–1815-yillar davomida «Yahudiy ohanglari» 
she’riy to‘plami nashr etildi. Ma’lumki, Bayron bolaligidan «Injil»ni 
yaxshi bilgan. Bu she’riy turkumida shoir Injil obrazlariga murojaat 
qiladi.
Bayron sharq adabiyotining chinakam muxlisi bo‘lgan. Firdavsiy, 
Shayx Sa’diy, Xo‘ja Hofiz singari so‘z san’atkorlarining asarlari bi
-
lan yaqindan tanishgan. Bu “Sharq dostonlari” turkumining paydo 
bo‘lishiga turtki bo‘lgan. Mazkur turkumga “Gyaur” (1813), “Abi
-
dos kelinchagi” (1813), “Korsar” (1814), “Lara” (1814), “Korinf qa
-
mali”, “Parizod” (1816) kabi dostonlar kiradi.
Bayronning parlamentdagi dadil chiqishlari hamda siyosiy qa
-
rashlari uchun reaksion-romantizm vakillari o‘ch olish rejasini tuzib 
qo‘ygan edi. Ayniqsa, Bayronning o‘z xotini bilan bo‘lib o‘tgan mo
-
jarolaridan reaksion guruhlar o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanmoq-
chi bo‘ladilar. Bayronga qarshi har qanday kuchlarni ishga soladilar. 
Matbuotda Bayron sha’niga mos kelmaydigan turli bo‘hton axbort
-
lar tarqatiladi. Shoir vatanini tark etishga majbur bo‘ladi. 1816-yil 
26-aprelda Bayron Angliyadan chiqib ketadi.
Bayron 1816-yil yozida Shvetsariyada bo‘lishi, uning ruhiy 
tushkunlik davriga to‘g‘ri keldi. Bu ruhiy tushkunlik bir tomondan 
Vatandan ajralish bo‘lsa, ikkinchi tomondan oilaviy bo‘lib o‘tgan 
ko‘ngilsizliklar edi. U bu davr haqida «Mening qalbim qayg‘uga 


178
tutqun bo‘lsa ham, ammo qayg‘uning quli emas» deydi. Bayron ro
-
mantizmidagi qarama-qarshiliklar bevosita shoirning Vatandan ju
-
dolik, xalq ozodlik harakatidan ajralib qolishi, shaxsiy hayotidagi 
fojialar bilan bevosita bog‘liqdir. Shu yili xalq qahramoni Bonivar 
jasoratiga bag‘ishlangan “Shilon tutquni” dostonini yozadi. Asar 
yolg‘iz isyonkor shaxs qiyofasini aks ettirishga bag‘ishlangan edi. 
Bu doston Bayronning Shilon qal’asiga borganidagi taassurot
-
lari asosida yozilgan edi. Shilon qal’asi Jeneva ko‘lida joylashgan 
bo‘lib, bu yerda 1530–1535-yillarda respublikachi, Shvetsariyan
-
ing mustaqilligi uchun tolmas kurashchi Fransua Bonivar qamoqda 
saqlangan. U gersog Savatskiy buyrug‘i bilan qamoqqa olingan edi. 
Shoir 1817–1823-yillarda Italiyada yashadi. Bu davrda yaratil
-
gan “Tasso shikoyati” (1817), “Mazepa” (1818) dostonlari, “Man
-
fred” (1817), “Kain” (1821) dramalarida kishilarni adolatsizlikka 
qarshi kurashga chaqiradi. Bu asarlarda “Olam va Odam muammo
-
si” markaziy masala sifatida qo‘yilgan va yuksak badiiyat bilan hal 
qilingan.
25
Bayron «Manfred» (1817) dostonida isyonkor shaxs obrazini aks 
ettirishni maqsad qilib qo‘yadi. Manfred obrazi orqali yakkalanib 
qolgan shaxs iztiroblari va fojeasini aks ettiradi. Manfred jamiyat 
aqidalaridan yuqori turuvchi, o‘ziga xos qarashlarga ega bo‘lgan 
mag‘rur shaxs. U jamiyat va hayot qonunlariga qarshi turgan shaxs. 
Mutelik unga yot narsa. 
Italiyada Bayron ijodi gullab yashnadi. Bu davrda Italiyada kara
-
banariylar rahbarligidagi xalq ozodlik harakati Avstriya bosqinchi
-
lariga qarshi avj olgan edi. U ko‘p o‘tmay Italiya inqlobiy harakatin
-
ing ishtirokchisiga aylandi. Boloniya, Rim, Venetsiya politsiyasi u 
va uning do‘stlarini doimo nazorat ostida saqladi. Bayronning tarixiy 
tragediyasi «Marks Falpero» Neapalda yozildi. Bu yerda 1820-yiln
-
ing revolyutsiyasi g‘alaba qozongan edi. 
1821-yilda yozilgan «Kain» dramasida ham shoir «Injil» mavzu
-
siga murojaat qildi. Drama mifologik obrazlarni aks etgan bo‘lsa-da, 
25
Ochilov E. Otashnafas shoir/Bayron. Ushalmagan orzular. – T.: 
“O‘zbekiston”. – B.4.


179
unda oddiy inson, uning hayotiy kechinmalari, huquqlari haqida fikr 
yuritiladi. 
Bayron romantizmdan realizmga o‘tishga ko‘prik bo‘lgan «Don 
Juan» she’riy romani ustida, Italiyada yashagan 1819–1824-yillar 
davomida ishladi. Bayron ijodining yuksak cho‘qqisi bo‘lgan «Don 
Juan» romani Ovrupa ijtimoiy hayotining satirik ensiklopediyasi 
bo‘lib xizmat qildi. Asar yakunlanmagan.
Bayron 1924-yili Gretsiyaning qamaldagi Missolungi shahrida 
kurash maydonida halok bo‘ldi. U o‘z avlodlari xilxonasi Nyustedda 
dafn etildi.
Bayronning ijodiy faoliyati isyonkorlik ruhi bilan sug‘orilgan. U 
inson shaxsiy kechinmalarini katta she’riy qudrat bilan ochib bergan 
ijodkordir. 
Bayronning isyonkor, o‘z mohiyati bilan to‘lg‘in ijtimoiy-siyosiy 
she’riyati ingliz jamiyatining reaksion doiralariga qarshi qaratilgan 
edi. Butun reaksion matbuot Bayronga qarshi ig‘volar yog‘dirdi. 
O‘liklar sharpasi bo‘ronlar oshib,
Qulog‘imga xuddi nidoday kelar.
Qahramonlar ruhi yurar adashib,
Ona yurt ko‘ksiga shamolday yelar.
U umrini oxirigacha sobit kurashchi sifatida ijod qildi. Uni doimo 
ozodlik uchun kurash maydonlari o‘ziga tortdi. 1823-yilning iyunida 
Bayron «Gerkules» kemasini o‘z mablag‘i hisobiga qurollantirdi. U 
Gretsiya milliy-ozodlik kurashining ilhomchilaridan biriga aylandi. 
Grek qo‘zg‘alonchilarini birlashtirishda fidokorona ishlar olib bordi. 
Zamondoshlari uning harbiy qo‘mondon sifatidagi yuksak iqtidori 
haqida ham so‘zlaydilar.
Bayronning eng yaxshi asarlari bugun ham katta kuchga egadir. 
V.Belinskiy ta’biri bilan aytganda, XIX asr Promiteyining ijodiyoti 
ozodlik va haqiqat jarchisi sifatida butun insoniyat uchun qadrlidir.
Bayron muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan she’rlarida ham 
davrning muhim siyosiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlari o‘z aksini to-
padi:


180

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin