O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Yo‘qol, ey, jimjimador adabiy inja so‘zlar,
Tarqal yolg‘onu yashiq, g‘iybatlarning to‘dasi.
Nurin sochib maftunkor nafisu shahlo ko‘zlar,
Sarxush etadi meni sevgining ilk bo‘sasi.
Xayol tasavvurga asir qofiyabozlar,
Yetar chuchmal tuyg‘ular va ohanglar chashmasi.
Sovuq sonetlaringiz – bachkana ehtiroslar,
Sizga tanishmas jonbaxsh sevgining ilk bo‘sasi.
«Sevgining ilk bo‘sasi» she’ridan olingan ushbu parchada lirik 
qahramon jamiyatning illatlarini tanqid ostiga oladi. Bachkana 
ehtiroslardan xoli bo‘lgan porloq tuyg‘ular jarchisiga aylanadi. Yoki 
«Bosh suyakdan qilingan kosadagi yozuv» she’ridagi ushbu satrlar 
inson umrining o‘tkinchiligi haqidagi falsafiy fikrlarni ifodalashga 
intiladi.
Qo‘rqma: men oddiy suyakman, xolos,
So‘ngan qalbimni eslab, qilma xumori.
Endi bu kosadan chiqolmas paqqos 
U tirik boshlarning shum kirdikori.
Men senday yashadim, sevdim va ichdim,
Endi-chi, jonsizman, to‘ldirib may quy!
Mastlik jinniliging ranjitmas, kechdim,
Qurtlar chaynagandan shu menga ma’qul.
Xullas, Bayron she’riyati mavzu jihatdan g‘oyat rang-barang. 
Unda mavjud tartiblarga qarshi isyonkorlik ruhi kuchli bo‘lib, davrn-
ing shiddatkor voqeligini o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zidan keyingi jahon adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Bay
-
ron o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. Uning qator she’r va doston-
lari Hamid Olimjon, Shukrullo, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad 
Ali, Maqsud Shayxzoda, Rauf Parfi, Abdulla Sher, Sulaymon Rah
-
mon tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. 


181
Valter Skott
(1771–1832) tarixiy roman otasi sifatida Ovrupa ro
-
mantizm adabiyotida muhim o‘rin tutadi. Shotlandiyada tug‘ilib voy-
aga yetgan bo‘lajak yozuvchi Makfersonning “Ossian qo‘shiqlari” 
ta’sirida xalqning qadimiy rivoyat va balladalarini to‘plash va qayta 
ishlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik o‘zi ham balladalar yoza 
boshlagan. 
1805-yilda nashr etilgan “So‘nggi menestrel qo‘shig‘i” liro-epik 
dostoni uning nomini mashhur qildi. 
XVI-XVII asr Shotlandiya tarixiga oid mazkur asardan so‘ng 
“Marmion” (1808), “Ko‘l parisi” (1810) dostonlari paydo bo‘ldi. 
“Ko‘l parisi” da Shotlandiya tabiati manzaralari mahorat bilan tas
-
virlanadi. Ana shu asar tasvirida Shotlandiyaning go‘zal manzaralar
-
ini tomosha qilish uchun keladigan sayyohlar soni keskin oshadi. 
Bundan keyingi dostonlari u qadar shuhrat qozonmaydi. Chunki bu 
davrda ingliz she’riyatiga noyob iste’dod – Bayron kirib kelgan edi.
1814-yili adabiyotdagi birinchi tarixiy roman “Ueverli” paydo 
bo‘ldi. Nashrdan so‘ng katta qiziqishga sabab bo‘lgan asar muallifi 
1827-yilgacha kitobxonlar uchun noma’lum (roman “Ueverli mual
-
lifi” degan taxallus bilan chop etilgan edi) bo‘lib qoladi. 
V.Skott tarixiy jarayonlarni emas, kitobxon uchun qiziq va dol
-
zarb bo‘lgan davr va voqealarni tasvirlashni maqsad qilib qo‘yadi. 
Yozuvchining muhim badiiy kashfiyoti qahramon taqdirini tasvir
-
lanayotgan davr xususiyatlari bilan uyg‘un holda tasvirlagani bilan 
belgilanadi. Asar so‘ngso‘zida muallif asosiy maqsadi “Vatanimizda 
yo‘qolib borayotgan axloqiy qadriyatlarni aks ettirish bo‘lganligini 
ta’kidlaydi. Shotlandiya tarixi mavzusi “Puritanlar” (1816), “Rob 
Roy” (1818) romanlarida ham davom ettirildi”. 
1820-yili “Ayvengo” romani paydo bo‘ladi. O‘z davrida kat
-
ta muvaffaqiyat qozongan asar hozirgacha V.Skottning eng ko‘p 
o‘qiladigan romani hisoblanadi. Asarda Angliyaning XII asrdagi 
tarixiga murojaat qilingan. Romanning 1930-yilgi nashrga yozilgan 
kirish so‘zini adabiyotda tarixiylikning mohiyati bo‘yicha yozu-
vchining dasturi sifatida qabul qilish mumkin. 


182
Asardagi asosiy voqealar – norman va sakslar o‘rtasidagi 
to‘qnashuvlar fonida Ravekka, Ayvengo, Robin Gud singari eng 
yaxshi insoniy fazilatlar sohibi bo‘lgan qahramonlar tasviriga keng 
o‘rin ajratilgan. Asarda nafaqat tarixiy-qahramonlik muhitini aks et
-
tirish, balki muhabbat, ezgulik, sadoqat, fidoyilik singari azaliy, hech 
qachon eskirmaydigan insoniy fazilatlarni yoritib berish muhimdir. 
San’at asari mavzusi sifatiga XVIII asr oxirida predromantik 
oqim vakillari murojaat etganlar. Ular, asosan, o‘rta asrlar tarixiga 
murojaat qilganlar. Romantiklar ana shu davrni sirli va jozibador 
muhit sifatida ma’rifatparvarlarning “aqlga muvofiq” jamiyatiga 
qarshi qo‘yadilar. Romantiklar V.Skottgacha tarixni mufassal yori
-
tishga urinmaganlar, o‘tmish hozirgi davr haqidagi g‘oya va mu-
lohazalarni bayon etish uchun fon vazifasini o‘tagan edi. Shuning 
uchun ham tarixiy ziddiyatlarni tasvirlash birinchi navbatdagi vazifa 
sifatida ko‘rilmagan. V.Skott Shekspirning tarixiy xronikalaridan 
o‘rgangan holda muallif o‘tmish va hozirgi kunni bog‘lovchi zanjir 
bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. 
Shotland yozuvchisining tarixiy romanlari adabiyotda hodisa 
bo‘lib qolmay, uning tarixida yangi sahifani ham ochdi. V.Skott 
ta’sirida XIX asr davomida tarixiy roman janri taraqqiy etdi. Un
-
ing ijodiy tajribasidan foydalangan izdoshlari orasida V.Gyugo, A.de 
Myusse singari romantizm vakillaridan tashqari F.Stendal, O.de 
Balzak, P.Merime, Ch.Dikkens, U.Tekkerey singari realizm namo
-
yandalari ham bor. V.Skott ijodi Rossiyada tarixiy nasrning shak
-
llanishida (A.S.Pushkinning “Kapitan qizi”, N.V.Gogolning “Taras 
Bulba asarlari”) muhim o‘rin tutgan. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin