O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156
jaxon adabiyati songisi

 Stendal 
bo‘lgan Anri Mari Beyl(1783–1842)
ning ijodi nafaqat fransuz, balki, Ovrupa adabiyotida ham yangi 
davrni boshlab berdi. 1820-yillarning birinchi yarmida aynan Sten
-
dal realizmni shakllantirishga asos bo‘lgan muhim qoidalarni naz-
ariy jihatdan ishlab chiqdi va tez orada o‘zining ajoyib badiiy dur-
donalarida hayotga tatbiq qildi. Bo‘lajak adib Fransiyaning janubida 
joylashgan Grenobl shahrida advokat oilasida tug‘ildi. Uning tarbi
-
yasiga bobosi Anri Ganonning ta’siri samarali bo‘ldi, u o‘z davrining 
ma’lumotli kishisi bo‘lib, nevarasini kitob o‘qishga qiziqtira oldi. 
1800-yili 17 yoshli Stendal Napoleon qo‘shinlari safiga kirdi va bir 
qancha harbiy yurishlarda ishtirok etdi. Napoleon qulashi va Bur
-
bonlar qaytgandan so‘ng, u Italiyaga ketishga majbur bo‘ldi. Sten-
dal 1799-yili Grenobl Markaziy maktabini muvaffaqiyatli tamoml
-
agach, Parijdagi nafis san’at maktabiga o‘qishga kirdi va shu yerda 
o‘zining ilk asarlaridan biri “Selmur” komediyasini yozdi. 1800-yil
-
ning boshlarida u harbiy xizmatga kirib, Napoleon armiyasi bilan 
Italiyaga boradi, keyingi yili iste’foga chiqib, “Moler kabi shon-
shuhratga erishish uchun” Parijga qaytadi. Asosan, poytaxtda o‘tgan 
1802–1805-yillar bo‘lajak yozuvchi dunyoqarashininng kengayishi 
va estetik qarashlarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan 
“ta’lim olish” yillari bo‘ldi. Uning bu yillarda yuritgan kundaliklari
yozishmalari va dramatik tajribalari – qizg‘in aqliy, ma’naviy hayo
-
tidan dalolat beradi. 1806-yili Stendal yana harbiy xizmatga qaytadi 
va bu safar uning xizmati sakkiz yil davom etadi. Bu yillar unga 
boy hayotiy tajriba to‘plash imkonini bergan yangi davrni boshlab 
berdi. Kitoblardan olingan bilimlari real voqelikda tekshirildi va an-
iqlashtirildi. 1805-yildan Napoleon to‘xtovsiz urushlar olib boradi 
va Stendal harbiy harakatlarda qatnashadi. Ayni shu shaxsiy tajriba 


189
keyinchalik “Parma ibodatxonasi” romanida tasvirlangan, Balzak va 
L.Tolstoylarni hayratlantirgan Vaterloo yaqinidagi jang tasviri sah
-
nasini yaratishda qo‘l keldi.
1814-yili Stendal Italiyaga ketadi va u yerda yetti yil yashaydi. 
1815-yili uning ilk kitoblari “Gaydn, Motsart va Metastaziolarning 
tarjimai holi” (Lui-Aleksandr-Sezar Bombe taxallusi bilan), “Italiya 
tasviriy san’ati tarixi” (1817) (M.B.A.A. taxallusi ostida), “Rim, Ne
-
apol va Florensiya” ocherklari (1817) (Kavaleriya zobiti baron de 
Stendal taxallusi ostida) nashrdan chiqdi.
1820-yillarda u Parijga qaytib kelib, “Rossinining hayoti” (1823), 
“Rim, Neapol va Florensiya” (1826, yangi nashri), “Rim bo‘ylab 
sayr” (1829) kitoblarini chiqardi, ingliz matbuotida Fransiyaning 
hayoti haqida ko‘plab maqolalar e’lon qildi. 20-yillarning ikkinchi 
yarmida yozuvchining badiiy dasturiga aylangan “Rasin va Shek-
spir” adabiy risolasi ikki marta (1823; 1825) nashr ettirildi. Bunda 
ikki buyuk tragik shoir ijodi batafsil tahlil qilinib, san’atkor jamiyat-
ni o‘z ortidan ergashtira olsagina, o‘z vazifasini uddalagan bo‘ladi, 
deb xulosalanadi. Risola o‘z ma’nosiga ko‘ra realizm manifesti hi-
soblansa ham, Stendal o‘zini romantik deb hisoblagan. «Romantizm 
san’atning barcha turlarida ham – qahramonlik davri odamlarini (bi
-
zdan yiroq bo‘lgan va balki butunlay bo‘lmagan) tasvirlash emas, 
balki zamonamiz kishilarini tasvirlashdir» – deyiladi risolada.
Stendalning ilk romani “Armans” (1827) bo‘lib, asarda markiza 
de Bonnivening kambag‘al jiyani rus qizi Armans Zoilova va boy 
zodagonlar farzandi bo‘lgan Oktav de Maliverlarning fojiaviy sev-
gisi haqida hikoya qilinadi. 
Yozuvchi 20-yillarda «Vanina Vanini» novellasini yozadi. Bunda 
italyan karbonariylarining inqilobiy harakatlari tarixidan bir lavha 
berilgan. Asar qahramoni – maxfiy tashkilotning rahbari yosh kar
-
bonar Petro Missirilli. Kunlarning birida politsiya ta’qibidan qo
-
chib, zodagon qiz Vanina Vanini xonadoniga yashirinadi. Ikki yosh 
bir-birini sevib qoladi va qiz yigitni inqilobiy faoliyatdan ajratish, 
uni tamomila o‘ziga qaratib olish maqsadida maxfiy tashkilot 


190
a’zolarini politsiyaga ma’lum qiladi. Bundan xabar topgan Petro 
qizni la’natlaydi, chunki u o‘z shaxsiy baxtini xalq ozodligidan us-
tun qo‘ya olmaydi.
1830-yili adibning “Qizil va qora” romani yozildi. Romandagi 
qizil sifati “erkinlik”, “respublika” tushunchalarini anglatsa, “qora” 
reaksion kuchlarni anglatadi. Roman syujeti 1827-yil gazetada 
bosilgan sud xronikasidan olingan. Antuan Berto ismli yigit o‘zi 
o‘qituvchilik qilgan xonadon bekasi Mishu xonimga suiqasd qilgan 
va buning uchun o‘lim jazosiga hukm etilgan.
Romandagi qahramon biografiyasi zinasimon harakat sifa
-
tida tasvirlangan. Qahramon tarixi uning otasi – kambag‘al durad
-
gor xonadonidan boshlanadi. Bilimli va iqtidorli Sorelni jismoniy 
mehnatga unchalik uquvi yo‘q. Shuning uchun unga otasi va akalari 
tekinxo‘r sifatida qarashadi. Keyingi bosqich – Verper shahri meri 
janob de Renal turmush o‘rtog‘i Luizaga muhabbati bu xonadonni 
tark etishga majbur qiladi. 
Keyingi qadam – Bezanson seminariyasi. Sxolostik bilim berish 
usuli, har qadamda talabalarni ta’qib ostiga olish, ular ketidan josu-
slik qilish kabi seminariya tartiblari qahramonni qanoatlantirmaydi.
Nihoyat, Jyulen Parijda yirik zodagon markaz de Lya Mol sa
-
royiga kotib va kutubxonachi bo‘lib ishga kiradi. Qobiliyatli yigit 
tez orada ko‘zga tashlanib qoladi. Markizning qizi Matilda uni se-
vib qolgach, qizning otasi yigitni avvalgi ish joyidan tavsifnoma 
so‘raydi. Renal xonim katolik ruhoniysining tazyiqi ostida Sorelga 
salbiy tavsifnoma yozishga majbur bo‘dladi. Bundan g‘azablangan 
Sorel Renal xonimga o‘q uzadi. Keyin esa qamoq va o‘lim jazosi.
Romanning ikkinchi sarlavhasi “XIX asr yilnomasi” deb nom
-
lanadi. Agar yozuvchi “Armans” romanida oqsuyaklar jamiyati
-
dan faqatgina bir lavhani ko‘rsatgan bo‘lsa, “Qizil va qora”da teatr 
maydoni bo‘lib butun Fransiya, uning asosiy ijtimoiy kuchlari xiz
-
mat qiladi: saroy amaldorlari(de La Molning dang‘illama hovlisi), 
provinsiya dvoryanlari(de Renalning uyi), ruhoniylarning yuqori 
va o‘rta qatlami(yepiskop Agdskiy, Bezanson diniy seminariyas
-


191
ining ruhoniylari, abbat Shelan), burjua vakillari(Valno), mayda 
tadbirkorlar(qahramonning do‘sti Fuke) va dehqonlar(Sorellar xo
-
nadoni). Bu kuchlarning o‘zaro aloqalarini o‘rganar ekan, Stendal 
Fransiya ijtimoiy hayotining hayratlanarli darajada aniq manzara
-
sini yaratadi. Stendalning shoh asari rasmiy tanqidchilik tomonidan 
e’tirof etilmadi. San’at olamida faqatgina uch kishi Gete, Balzak va 
Pushkin asarga munosib baho berdilar. 
Shundan so‘ng yozuvchi Italiyaning Chivita-Vekkiya shahriga 
konsul etib tayinlandi va umrining oxirigacha shu yerda yashab 
qoldi, faqat “ikki yoki uch kub yangi g‘oyalardan nafas olish uc-
hun” Rim yoki Parijga borib turdi. 30-yillarning birinchi yarmida 
u o‘limidan keyin chop etilgan avtobiogafik xarakterdagi “Xud
-
binning xotiralari” va “Anri Bryularning hayoti” asarlari, “Lyu
-
sen Leven”(ikkinchi nomi “Qizil va oq”) romani ustida ishladi. 
1836–1839-yillarni u uzoq muddatli xizmat ta’tili olishga erishib, 
vatani Fransiyada o‘tkazadi. Bu davrda uning to‘rtta qissasi “Vittori
-
ya Akkoramboni”, “Gersoginya di Palliano”, “Chenchi”, “Kastrolik 
abbatisa” bosmadan chiqdi. Ushbu asarlarning barchasi arxivlar-
dan topilib, badiiy ishlov berilgan eski qo‘lyozmalar bo‘lib, ularda 
Uyg‘onish davrida real sodir bo‘lgan qonli va fojeaviy voqealar tas-
virlangan. Ular “Vanina Vanini” bilan birgalikda Stendalning mash
-
hur “Italyan yilnomalari” siklini tashkil qiladi. 
Rim papasi Pavel III Farnezening sharmandali sevgi mojarolari 
haqidagi qadimgi qo‘lyozmalardan birining mazmuni, Stendaln-
ing yana bir shoh asari “Parma ibodatxonasi”(1839) romani uchun 
manba bo‘lib xizmat qildi. Asar hayratda qolarli darajada qisqa 
muddatda – atigi 53 kunda yozilgan. Bunda muallif nihoyat Italiya 
mavzusini – ehtiroslar, insoniy faollik, o‘z manfaatlaridan voz kyye
-
chish mavzusini to‘laqonli amalga oshirdi. “Parma ibodatxonasi” 
juda keng ekspozitsiyadan boshlanadi. Roman voqealari 1796-yilda 
bo‘lib o‘tadi va unda Bonapartning armiyasi avstriyaliklarning Lom
-
bardiyasiga olib kelgan tarixiy o‘zgarishlar haqida hikoya qilinadi. 
Shundan keyin Italiyaning shimoliy qismidagi konsullik va Imperiya 


192
davridagi voqealar, yosh Fabritsio del Dongo ishtirok etgan Vater
-
loo jangigacha tasvirlanadi. Aynan shu boblar haqida E.Xeminguey: 
“Stendal urushni ko‘rdi, va Napoleon uni yozishga o‘rgatdi. U o‘sha 
paytda ko‘plarni o‘qitdi, biroq boshqa hech kim o‘rgana olmadi”, – 
deb yozgan edi. 
O‘zining so‘nggi romani “Lamel”ni tugatishga ulgurmagan 
Stendal 1842-yilning 22-martida apopleksiya oqibatida vafot etdi. 
Kunlardan birida Stendal g‘amgin istehzo bilan: “Men asosiy yutuq, 
asarlarimni 1935-yili o‘qishlari bo‘lgan, lotareeya bileti olaman”, 
– deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, unga yutuqli bilet nasib qilgan 
ekan, hozirda Stendal jahon adabiyotining eng ko‘p o‘qiladigan yo
-
zuvchilari qatoridan joy olgan. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin