O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Onore de Balzak ijodi
(1799–1850) XIX asr Ovrupa real
-
izm adabiyoti rivojlanishining cho‘qqisi hisoblanadi. Buyuk adib 
1820–1840-yillar Fransiyasining adabiy tarixini yaratib, uni “In
-
soniyat komediyasi” deb nomladi. Roman-epopeyaning muallifi 
Ovrupalik deyarli barcha buyuk ijodkorlar – Rable va Shekspirdan 
tortib V.Skottgacha, fransuz romantiklaridan Stendalgacha o‘rgandi. 
Faqat badiiy va ilmiy tafakkurning turli-tuman tajribasini chuqur va 
uzviy bog‘lab o‘zlashtirish natijasida Balzakning betakror dahosi 
shakllandi. 
Onore de Balzak 1799-yilning 20-may kuni Tur shahrida 
tug‘ilgan. Ota-onasining xohishiga ko‘ra huquq fakultetini tugata-
di. U o‘z otasidan yozuvchi bo‘lishga qiziqishi orzu emasligini is-
botlash uchun 2 yillik muhlat so‘raydi. Birinchi she’riy tragediyasi 
“Kromvel” muvaffaqiyatsiz chiqadi.
Balzak nomini yozuvchi sifatida tanitgan asar – “Shuanlar” ro
-
mani (1829) hisoblanadi. Shundan so‘ng “Gobsek”, “Sag‘ri teri 
tilsimi”, “Polkovnik Shaber”, “Yevgeniya Grande”, “Gorio ota” va 
boshqa asarlari bosilib chiqdi. Dantening “Ilohiy komediya”sidan 
ruhlanib, o‘z asarlarini “Insoniyat komediyasi” degan umumiy nom 
ostiga birlashtirib, 3 qismga bo‘ladi.


193
1. “Xulqlar haqida etyudlar”.
2. “Falsafiy etyudlar”.
3. “Tahliliy etyudlar”.
Balzakning rejasiga ko‘ra birinchi qism 6 ta bo‘limga (“Pravin
-
siya hayoti sahnalari”, “Siyosiy hayot sahnalari”, “Parij hayoti 
sahnalari”, “Qishloq hayoti sahnalari”, “Shaxsiy hayot sahnalari”, 
“Gorio ota”, “Gobsek”, “Polkovnik Shaber” va b.) birlashtirilib, 111 
asardan iborat bo‘lishi kerak edi – aslida 72 tasi yozilgan.
Ikkinchi qism (bo‘limlarga bo‘linmaydi) tarkibiga 27 ta roman 
kiritilishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, shulardan 22 tasi yozilgan. 
Uchinchi qismga 5 ta asar kiritilishi kerak edi, shulardan 2 tasi 
(«Nikoh fiziologiyasi», «Oilaviy hayot noxushliklari») yozilgan. 
Jami rejadagi 143 ta asardan 96 tasi yozilgan bo‘lib, ularda 2 ming
-
dan ortiq personaj qatnashadi.
Birinchi qism barcha tabaqalarning hayoti va axloqi haqida 
tasavvurni gavdalantirishi, ikkinchi qismga muallif dunyoqarashi va 
estetik qarashlarini ochib bergan asarlar kiritilishi kerak edi. Ular 
orasida “Sag‘ri teri tilsimi”(1831) romani alohida e’tiborga loyiq. 
Muallif insonning hayotiy nuqtai nazarini belgilovchi uchta asosiy 
sabablarni ko‘rsatib o‘tadi – istamoq, bajara olmoq va bilmoq. Yozu
-
vchining ta’kidlashicha, “istamoq” va “ bajara olmoq” odamni yondi-
radi va yemiradi, faqat “bilmoq” behuda vaqt sarflashning oldini oladi. 
“Gobsek” (1830) qissasining bosh qahramoni millioner-sudxo‘r, 
yangi Fransiyaning hukmdorlaridan biri Gobsek “puling qancha ko‘p 
bo‘lsa, sen shuncha qudratli bo‘lasan”, degan falsafani o‘zlashtirib 
olib, yoshligidan oltin, pul to‘playdi. Pul jamiyat hayotining asosiy 
kuchi bo‘lgan davrda u ishbilarmonlar, ministrlar, yozuvchi-yu, 
san’atkorlarni o‘z qo‘liga qaram qilib olgan. Ana shu odamlar hayoti, 
taqdiri uning qo‘lida, u o‘z shartlarini qo‘yadi. Uning na qarindosh-
urug‘lari va na do‘stlari bor. Tilladan boshqa narsani tan olmaydigan 
bu chol: “Bordi-yu qirol mendan qarz bo‘lganda va qarzini mudda
-
tida to‘lolmaganda, men uni boshqa qarzdorlardan oldinroq sudga 
berardim”, – deydi. Realistik asosga romantik elementlarni qo‘shib 


194
yuborish yozuvchi uslubiga xos. Gobsek irodasi kuchli, favqulodda 
va shu bilan birga ziddiyatli shaxs “Unda ikkita maxluq yashaydi: 
o‘taketgan ziqna va faylasuf, qabih maxluq va oliyjanoblik”, – deydi 
u haqida advokat Dervil. 
“Gorio ota” qissasi qahramoni haqida: “Gorio ota – ajoyib odam 
– oilaviy pansion – 600 frank renta – har biri 50 ming frank rentasi 
bo‘lgan qizlari uchun bor-budini sarflaydi – itday xor bo‘lib o‘ladi”, 
deb yozilgan edi yozuvchining kundaligida. Ko‘rib turganimizdek, 
asarning xomaki rejasida faqat bitta qahramonning taqdiri haqida 
hikoya qilinishi kerak edi. Biroq asar yozishga 1834-yilning oxir
-
larida kirishgan Balzak, Gorioning tarixini ko‘plab qo‘shimcha syu
-
jet chiziqlari bilan “o‘raydi”. Ular orasida birinchi bo‘lib Parijda 
o‘qiyotgan talaba Ejen Rastinyakning syujet chizig‘i paydo bo‘ladi. 
Aynan u Gorio otaning hayoti va so‘nggi kunlari haqida so‘zlab be
-
radi. 
1833-yili Balzak ijodida yangi bosqichni boshlab bergan “Yev
-
geniya Grande” romani nashrdan chiqdi. Asar voqealari poy
-
taxtdan olisda joylashgan Somyur shahrida bo‘lib o‘tadi. Roman 
personajlari o‘z kundalik tashvishlari, mayda-chuyda mojarolar, 
g‘iybatlarga o‘ralashib qolgan, pul ketidan quvgan, o‘z huzur-halo
-
vatini o‘ylaydigan somyurlik kishilar. Nafs balosi ularning hayotiga 
singib ketgan. Shahardagi ikki taniqli oila vakillari – Kryusho va 
Grassenlar, boy-badavlat Grandening qizi Yevgeniyani o‘zlariga ke
-
lin qilib olish uchun raqobatlashadi. Asarning bosh qahramoni Yev
-
geniyaning otasi Feliks Grande ko‘p jihatlari bilan Gobsekka yaqin 
turadi. U ham Gobsek kabi favqulodda, “nodir shaxs”. Lekin uning 
nodirligi Somyur aholisi doirasi bilan chegaralanadi, ya’ni Grande 
ulardan aqlliroq, ayyorroq, chaqqonroq, ustomonroq bo‘lgani uchun 
omad ham unga doimiy hamroh. Biroq uning aqli pragmatizmga 
asoslangan, amaliyotchilik bilan cheklangan, unga Gobsekning keng 
va chuqur falsafiy mushohadasi, olam, hayot va odam haqida fikr 
yuritganda zakovat yetishmaydi. Agar Gobsekda boylikka sajda qil
-
ish falsafiy konsepsiya darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Grande pulni 


195
pul bo‘lgani uchun yaxshi ko‘radi. Boylik orttirishga o‘chlik Feliks 
Grandeda mavjud bo‘lgan insoniy his tuyg‘ularni ham o‘ldiradi va 
aynitadi. U hatto akasining o‘limiga mutlaqo befarq qaraydi. 
Yetim qolgan jiyaninnig taqdiriga achinmaydi va ortiqcha 
sig‘indidan tezroq qutulish uchun Hindistonga jo‘natib yuboradi. Bu 
qurumsoq xotini va qizining shifokorga berishi kerak bo‘lgan pulni 
ham qizg‘anadi. U bemor, o‘lim to‘shagida yotgan xotiniga muno-
sabatini faqat, qizi uning qonuniy merosxo‘ri bo‘lishini bilgandan 
keyingina o‘zgartiradi. Grande, kelajakda to‘plangan boyliklar
-
ining saqlovchisi bo‘lishi kerak bo‘lgan, qizigagina mehribonlik 
ko‘rsatadi. U o‘limidan oldin qiziga: “Oltinlarni ehtiyot qilib saqla, 
asra! Sen u dunyoda menga javob berasan”, – deydi. Feliks Gran
-
dening boylikka

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin